JONLI VIDEO: MIUI 10 tizimli Redmi 6 Pro’ni taqdimotdan avval qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  3507
  •  22.06.2018 18:32

JONLI VIDEO: MIUI 10 tizimli Redmi 6 Pro’ni taqdimotdan avval qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

Xiaomi kompaniyasi Redmi 6 Pro rusumli hamyonbop smartfonini 25 iyunda rasman namoyish etmoqchi ekanidan xabaringiz bor. Allaqachon uning texnik xususiyatlari hamda rasmiy suratlarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: 150 dollarlik Redmi 6 Pro smartfonini sifatli rasmiy suratlarda ko‘ramiz!

Ammo taqdimotni ham kutib o‘tirmasdan, hoziroq ushbu smartfonni to‘laqonli tomosha qilish imkoni tug‘ildi. Ya’ni, allaqachon insayderlar Xiaomi Redmi 6 Pro modelini qadog‘idan olib, ishlatib ko‘rsatilgan videoni internetga joylashdi.

Keling, uni birga ko‘rib chiqamiz:

E’tibor bergandirsiz – yangi smartfon boshidanoq MIUI 10 proshivkasida ishlayapti. Hozircha Xiaomi’ning boshqa modellardagi smartfonlariga mazkur talqin taqdim etilmagan, faqat ayrim rusumlardagi smartfonlar egalari sinov doirasidagina uni ishlatib ko‘rishlari mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlariga hali rasman yuborilmagan global MIUI 10 proshivkasini hoziroq o‘rnatish mumkin!

Yuqoridagi videorolikda o‘zingiz ham guvoh bo‘lganingizdek, Redmi 6 Pro jamlanmasida biror g‘ayrioddiy yoki kutilmagan narsa yo‘q. Qadoq ichida smartfonning o‘zidan tashqari microUSB kabeli, SIM-kartalar va xotira kartasi bo‘lmachasini ochish ignasi, quvvatlash blogi (aftidan, 5V-2A quvvatli) hamda oddiy silikon g‘ilof, shuningdek, foydalanuvchi yo‘riqnomasi bo‘ladi.

Ko‘rganimiz lavhada Lake Blue rangli smartfon namoyish etilgan, rasmiy renderlarga qaraganda, u yana Flame Red, Black, Rose Gold va Sand Gold ranglardagi korpuslarda chiqariladi.

Darvoqe, Redmi 6 Pro smartfoni bilan birga Xiaomi’ning yana bitta innovatsion qurilmasi ham taqdim etiladi. Bu – Mi Pad 4 rusumli, foydalanuvchi qiyofasini to‘laqonli skanerlovchi birinchi planshetdir.

O‘QING: Xiaomi hatto Apple’ni ham dog‘da qoldirdi: 3D-skanerli ilk planshetning «jonli» rasmlari, xususiyatlari va narxlari!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.