«Jonli» video: Oppo ham selfi-kamerasi displey ostiga yashirilgan smartfon tayyorladi!

  •   DiMaX
  •  879
  •  03.06.2019 17:25

«Jonli» video: Oppo ham selfi-kamerasi displey ostiga yashirilgan smartfon tayyorladi!

Boyagina biz yangi texnologiya qo‘llangan – old kamerasi displey ostiga yashirilgan Xiaomi smartfonining «jonli» videosini e’lon qilgan edik. Unda haqiqatan ishlashini ko‘rsatish uchun yangicha kamerani Xiaomi Mi 9 (sotib olish) smartfoniga o‘rnatishgan.

O‘QING: Xiaomi old kamerasi ekran ostiga yashirilgan dunyodagi ilk smartfonni «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatdi!

Bu orada yana bir sermahsul smartfonsoz – Oppo kompaniyasi ham shunday texnologiyani ishlab chiqqanini e’lon qilib, «jonli» videosini tarqatdi. Uning ishlash texnologiyasi Xiaomi’niki bilan bir xil, ammo Oppo bunday kamerani allaqachon tayyorlanayotgan yangi smartfon prototipida namoyish qilgan!

Ushbu videolavhani taniqli insayder Ishan Agarval (Ishan Agarwal) o‘zining Twitter-akkauntida e’lon qilgan:

Guvohi bo‘layotganingizdek, kamera ishlamayotgan payti ekranda uni umuman payqashning imkoni yo‘q. Lekin tegishli ilova ishga tushirilishi bilan displeyda o‘sha joyi qorayib, selfi-kamera oddiy rejimda o‘z ishini bajaradi.

Endi mana shu prototipni tayyor smartfon sifatida ommaviy ishlab chiqarishga joriy etish va taqdim qilish qoldi, xolos. Ko‘ramiz, bu borada kim birinchi bo‘lar ekan: Xiaomi’mi, Oppo’mi yoki boshqa birortasimi...

O‘QING: Oppo A9 taqdim qilindi: katta xotira va yirik akkumulyator!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!