«Jonli» video: «to‘rtko‘z» Huawei Nova 5 Pro’ni taqdimotdan avval qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1256
  •  20.06.2019 16:17

«Jonli» video: «to‘rtko‘z» Huawei Nova 5 Pro’ni taqdimotdan avval qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

Xitoylik texnogigant ertaga – 21 iyun kuni o‘zining Huawei Nova 5 Pro hamda Huawei Nova 5i smartfonlarini rasman namoyish qiladi. DHWS Tests nomli YouTube-kanalda esa allaqachon bulardan birinchisining «jonli» videosi chiqdi.

O‘QING: Sanksiyalar o‘z yo‘liga: Huawei hamyonbop Nova 5i smartfonini taqdim etyapti!

Ushbu lavhada Huawei Nova 5 Pro qadog‘i ochib, ichidagilar ko‘rsatilgan. Demak, mazkur gadjetdan xarid qilganlar quti ichida smartfondan tashqari foydalanuvchi qo‘llanmasi, SIM-kartalar uyachasini chiqarish uchun ignacha, shuningdek, quvvatlash va ma’lumot almashish uchun kabelni oladilar.

Mana, videorolikni tomosha qilamiz:

O‘QING: Rasmiy ro‘yxat: Android 10’gacha yangilanuvchi Huawei smartfonlari

E’tibor bergan bo‘lsangiz kerak – yuqoridagi videoda Nova 5 Pro’ni yoqib, qanday ishlashini ham ko‘rsatishgan – sozlamalar menyusining tegishli bo‘limida smartfonning asosiy texnik xususiyatlari aks etgan. Unga ko‘ra, qurilmaning diagonaliga 6,39 dyuymlik ekrani 2340x1080 piksellik tasvir aniqligiga ega. Smartfonning «elektron yuragi» Kirin 980 protsessori bo‘lib, u 8 gigabaytlik tezkor, 128/256 gigadaytlik doimiy xotira bilan taklif qilinadi.

Shuningdek, Huawei Nova 5 Pro bosh kamerasi naq to‘rtta modulni o‘z ichiga olishi tasdiqlangan: ularning aniqligi 48, 16, 2 va 2 megapiksellikdir. Old kamera 32 megapiksellik optik sensorga ega. Smartfon akkumulyatorining tok sig‘imi 3500 mA/soatga teng va unga 40 vattlik Huawei SuperCharge tezkor quvvatlash texnologiyasi joriy etilgan.

Videolavhada Huawei Nova 5 Pro’dan tashqari, ertaga u bilan birga namoyish qilinadigan Huawei Nova 5i qadog‘iga ham ko‘zimiz tushadi, ammo uni ochib ko‘rsatishmagan. Hozirgacha bozorga chiqqan Huawei smartfonlarining aksariyatini esa 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Atigi uch soniyadayoq 15 million dollarlik sotilgan smartfonni bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!