Keyingi haftadayoq Nokia X turkumida yana bitta yangi smartfon chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  656
  •  09.10.2018 16:50

Keyingi haftadayoq Nokia X turkumida yana bitta yangi smartfon chiqyapti!

Afsonaviy brendning hamyonbop Nokia 7.1 smartfoni hali yaqinda rasman namoyish etilgandi. Ammo HMD Global e’lon qilgan rasmiy tizerga ko‘ra, u 16 oktyabrga yana bitta telefon taqdimotini belgilagan!

O‘QING: Nokia bilmasdan yangi – «megadispley»li smartfonini ko‘rsatib maqtandi (+rasmiy video)

Kuni kechagina kompaniya xodimlari adashib, «megadispley»li smartfon haqidagi videolavhani e’lon qilib yuborishgandi. Ehtimol, o‘shanda ham gap shu – keyingi haftada Xitoyda namoyish etiladigan qurilma haqida ketgandir.

Tizer suratga qaraganda, yangi smartfon qo‘sh ob’yektivli Zeiss kamerasiga ega, ammo uning texnik jihatlari va nomi ma’lum emas. Kuzatuvchilar uning Nokia X turkumidagi yangi model bo‘lishini ham taxmin qilishmoqda. Bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzating.

O‘QING: Noyabrning oxirigacha beshta Nokia smartfoni Android 9 Pie’gacha yangilanadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!