Kompyuter matnli bayon bo‘yicha odam portretini yaratadi

  •   Saroy
  •  1152
  •  09.08.2018 11:04

Kompyuter matnli bayon bo‘yicha odam portretini yaratadi

Hindistonlik dasturchi insonning tashqi ko‘rinishini matnli bayon qilish orqali chizib bera oladigan dastur yaratdi.

Tasvir bilan ishlash, mashinali ta’lim algoritmi yo‘nalishida sezilarli yutuqlarga  erishilayotgan sohalarning biri hisoblanadi. Jumladan, ko‘plab dasturchilar guruhi odamlarning tasvirini chizish algoritmini yaratish bilan shug‘ullanishmoqda. Qoida bo‘yicha, unda  2014 yilda bayon qilingan generativ-tortishuvli neyrotarmoq arxitekturasidan foydalaniladi. Bunday neyrotarmoq ikkita komponentdan iborat bo‘ladi  — generator va diskriminator.

O‘QING:O‘zbekiston jamoasi tarixda ilk bor Technovation xalqaro tanloviga yo‘llanma oldi

Ularning biri tasvirni yaratadi va uni tekshirish uchun diskriminatorga uzatadi, u o‘z navbatida tasvir haqiqiymi yoki generator yaratganmi, shuni aniqlab berishi kerak. O‘zining harakatini baholab generator asta sekin ob’yektga juda o‘xshash tasvir yaratishni o‘rganadi, diskriminator esa “ushbu “qalbaki” suratni aniqlashda o‘zini tobora takomillashtirib boradi.

Dasturchi Animesh Karnevar (Animesh Karnewar) o‘zining loyihasida generativ-tortishuvli neyrotarmoq asosida ikkita algoritmdan foydalandi. Ular avval boshqa tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan og‘zaki bayon bo‘yicha real tasvir yaratish uchun yaratilgan StackGAN algoritmi hamda odamlarning tasvirini juda sifatli qilib yaratuvchi ProGAN neyrotarmog‘i.

O‘QING:Dasturchilar uchun zarur kitoblar to‘plami (ikkinchi qism)

Yaqinda Microsoft dasturchilari ham matnli bayon orqali tasvirni yaratish uchun generativ-tortishuvli neyrotarmoqdan foydalanish bo‘yicha  o‘z variantini taklif qildi.  Ular tanlagan arxitekturaning o‘ziga xosligi shundaki, neyrotarmoq matn bayoni asosida nafaqat yagona yo‘nalishni shakllantiradi, balki gapning har bir so‘zini alohida ko‘rib chiqadi va shu asosda tasvirni chizadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.