Kompyuterni fikr kuchi bilan boshqarish startapini Facebook sotib oldi

  •   DiMaX
  •  1294
  •  24.09.2019 16:04

Kompyuterni fikr kuchi bilan boshqarish startapini Facebook sotib oldi

O‘tgan yili qozog‘istonlik maktab o‘quvchisi fikr kuchi bilan boshqariluvchi mashina ixtiro qilgan edi. Umuman, dunyo miqyosida fikr kuchidan amaliy foydalanish bo‘yicha turli tadqiqotlar olib borilmoqda.

O‘QING: Fikrlarni uzatish uchun tarmoq yaratildi: BrainNet’dan kuchli yurish

Bloomberg xabariga ko‘ra, Facebook kompaniyasi CTRL-Labs startapini xarid qildi. Ushbu startap fikr kuchi yordamida kompyuterni boshqarishga imkon beruvchi dasturiy ta’minot ustida ishlamoqda.

Facebook vitse-prezidenti Endryu Bosuort so‘zlariga ko‘ra, kompyuter bilan ishlashda miya impulslarini qo‘llovchi ishlanma xuddi miya signallarini hisoblovchi bilaguzukka o‘xshaydi. Ushbu texnologiya miya signallarini anglab olib, ularni raqamli ko‘rinishga keltira olishini aytishmoqda. Bilaguzuk yordamida foydalanuvchilar klaviaturasiz ham kompyuterda matn terishlari mumkin – buning uchun xuddi harf terayotgandek qilib stolni chertib turish kifoya.

«Biz bunday texnologiyani yirik ko‘lamlarda yaratish va tezroq iste’mol tovarlariga joriy etishdan umidvormiz», – deydi Bosuort.

O‘QING: Miyadagi fikrni nutqqa aylantirib beruvchi texnologiya yaratildi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.