Koronavirus bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi

  •   DiMaX
  •  612
  •  01.04.2020 09:49

Koronavirus bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi

Yurtimizda jamoatchilikni koronavirus  to‘g‘risida xabardor qilish va tarqalishining oldini olish borasidagi chora-tadbirlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida rasmiy http://coronavirus.uz/uz veb-sayti tashkil qilinganidan xabaringiz bor. Shuningdek, «Koronavirus info» (@koronavirusinfouz) kanalini ham Telegram rasman tasdiqlagan.

O‘QING: Koronavirusni aniqlash bo‘yicha dastlabki testni endi internet orqali topshirish mumkin!

AKT vazirligi xabariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bo‘yicha «Coronavirus Yordam» nomli yangi Telegram-bot ham ishga tushirildi. Telegram-botga havola: @coronavirusYordamBot.

Mazkur yordam boti O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va UZINFOCOM Yagona integratori hamkorligida tashkil etilgan.

Telegram-bot orqali fuqarolar onlayn rejimida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida shifokor tomonidan konsultatsiyani olish imkoniga ega.

Telegram-bot ishga tushirilishi bilan aholi uchun yanada qulaylik yaratildi: endi fuqarolarimiz call-markaziga murojaat qilgan paytida telefon qo‘ng‘irog‘iga javob kutmasdan, bevosita bot orqali murojat qilishlari va tezkor yordam olishlari mumkin.

O‘QING: Koronavirus haqida tarmoqlarda soxta axborot tarqatgan qashqadaryolikka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!