Koronavirus haqida rasmiy sayt ishga tushirildi

  •   DiMaX
  •  986
  •  24.03.2020 10:56

Koronavirus haqida rasmiy sayt ishga tushirildi

O‘zbekistonda jamoatchilikni koronavirus to‘g‘risida xabardor qilish va uning tarqalishi oldini olishga qaratilgan http://coronavirus.uz/uz rasmiy veb-sayti ishga tushdi. Mazkur resurs Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi UZINFOCOM yagona integratori hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tashkil etildi, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘QING: Koronavirus epidemiyasini Bill Geyts bundan 5 yil avval bashorat qilgan! (2 ta video)

Veb-saytda ma’sul vazirlik va idoralar tomonidan koronavirus tarqalishini oldini olishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida muhim xabarlar berib borilmoqda.

Saytda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va xorijdagi elchixonalarimizda faoliyat ko‘rsatayotgan vakillar bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar ham ko‘rsatilgan.

Yangilik va statistik ma’lumotlardan tashqari koronavirus (COVID-19)ning alomatlari, xavf guruhlari, diagnostikasi va yuqtirishni oldini olish uchun me’yorlar haqida muhim ma’lumotlar ham bor.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan yurtdoshimiz jarimaga tortildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.