Koronavirus qayerda qanchalik tarqalmoqda? Buni ko‘rsatuvchi onlayn servis ishga tushdi!

  •   DiMaX
  •  12642
  •  27.01.2020 17:32

Koronavirus qayerda qanchalik tarqalmoqda? Buni ko‘rsatuvchi onlayn servis ishga tushdi!

Butun dunyoga vahima solayotgan yangi kasallik – koronavirus allaqachon Xitoydan tashqariga ham chiqib ulgurgan. «Osmon osti saltanati»da esa, uning tarqalishi ehtimolini kamaytirish maqsadida karantinlar tashkil etilgan, ommaviy tadbirlar bekor qilinmoqda.

O‘QING: Xiaomi’ga ham koronavirus kasri urdi – Mi 10 taqdimoti bekor qilinyapti!

Internetda endi mazkur kasallikning tarqalishini real vaqt rejimida kuzatish mumkin. Buning uchun tashkil etilgan maxsus onlayn servis mana bu yerda joylashgan bo‘lib, unda muntazam tarzda yangilanib turuvchi statistika aks etadi.

Servisning interfeysida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan hamda mazkur kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha AQSh, Xitoy va Yevropada tashkil etilgan markazlardan olingan dolzarb ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Onlayn panel dunyoning barcha burchaklarida koronavirus bilan kasallanish holatlari tasdiqlangan holatlar, sog‘aygan bemorlar miqdorlari hamda o‘lim holatlari haqida ma’lumotlar beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri fuqarolarimizga Xitoyga, zarurat bo‘lmaganda, xorijga vaqtinchalik chiqmaslikni tavsiya qilgan. Shuningdek, vazirlik Jizzaxda koronavirus infeksiyasi tarqalganligi haqidagi xabarlar asossiz ekanligini ham aytgan.

O‘QING: Bill Geyts: «Dunyoni bioterror xavfi kutmoqda!»

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!