Koronavirusga chalingach, Ilon Mask endi vaksina olishni qo‘llab-quvvatladi

  •   DiMaX
  •  310
  •  09.04.2021 12:56

Koronavirusga chalingach, Ilon Mask endi vaksina olishni qo‘llab-quvvatladi

Amerikalik milliarder, Neuralink, Tesla hamda SpaceX kabi kompaniyalar direktori Ilon Mask koronavirusga qarshi emlashni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Bu haqda Mask o‘zining Twitter tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi, deydi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Ilon Mask kompaniyasi dinozavrlarni tiriltirishga tayyorligini e’lon qildi!

Qizig‘i shundaki, Ilon Mask o‘tgan yilning sentyabr oyida «The New York Times» gazetasining «Sway» podkastiga bergan intervyusida koronavirusga qarshi emlanmasligi va oilasiga koronavirus tahdid solmayotganini ta’kidlagandi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, milliarder 2020 yilda koronavirus bilan kasallangan.

«Men vaksinalarni, xususan, koronavirusga qarshi vaksinalarni qo‘llab-quvvatlayman. Vaksinadan keyin allergik hodisalar paydo bo‘ladi. Ammo buni EpiPen (allergiyaga qarshi vosita) yordamida osonlikcha hal qilish mumkin», — deya ta’kidlagan Mask.

Ma’lumot o‘rnida, Mask qator bayonotlar bilan AQShda COVID-19 pandemiyasi sababli qo‘yilgan cheklovlarni muddatidan avval bekor qilish va koronavirusga nisbatan vahima qilish ahmoqgarchilik ekanini ta’kidlagan.

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!