KUTILMAGAN VIDEO: Nokia 8110 emas, balki haqiqiy Banana Phone’ning mustahkamligini sinab ko‘rishdi!

  •   DiMaX
  •  728
  •  03.04.2018 14:01

KUTILMAGAN VIDEO: Nokia 8110 emas, balki haqiqiy Banana Phone’ning mustahkamligini sinab ko‘rishdi!

Bizga yaxshi tanish bo‘lgan Nokia 8110 telefonini HMD Global kompaniyasi MWC 2018 anjumani doirasida 4G talqinida qayta taqdim qilganidan xabaringiz bor. Original Nokia 8110 modelini oddiy xalq «banan-telefon» deb ataydi, ammo undan boshqa – haqiqiy «bananafon» ham yaratilganligidan hali ko‘pchilik bexabar.

O‘QING: Banane Phone — yilning ekologik toza, xavfsiz telefoni bo‘lishi mumkin

Aytish kerakki, Banana Phone ishlab chiqarish bo‘yicha taklif bundan bir yilcha muqaddam Indiegogo kraudfanding maydonchasida e’lon qilingan edi. Qanchalik g‘ayrioddiy ko‘rinmasin, loyiha yaratuvchilari uni ishlab chiqarish uchun kerakli miqdorda mablag‘ to‘plashni uddalashibdi.

Aslini olganda, Banana Phone – to‘laqonli telefon emas, balki faqat smartfonga ulanuvchi Bluetooth-garnitura hisoblanadi, ammo uning yordamida qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va bemalol gaplashish mumkin.

Mashhur texnobloger Zak Nilson esa hali rasman bozorga chiqarilmagan mazkur telefonning mustahkamligini sinab ko‘rdi va ushbu jarayonning videosini JerryRigEverything nomli o‘z YouTube-kanaliga joyladi.

Mana, lavhani birgalikda tomosha qilamiz:

Guvohi bo‘lganingizdek, bloger o‘z an’anasiga ko‘ra, gadjetni tekshirish ishini uni tirnab ko‘rishdan boshladi. Banana Phone’ning plastik korpusini salgina o‘tkir jihoz bilan bemalol tirnasa bo‘lar ekan. Bu qurilmani olovdan ham uzoqroq tutish kerak ekan – korpusi tezda eriy boshlaydi.

Ammo bu devaysning tuzilishi yetarlicha mustahkam ekan. Tag‘in, vazni og‘ir bo‘lishi uchun Banana Phone ichiga shunchaki metall bo‘lagi ham joylangani qiziq.

Lekin bu ham hali hammasi emas! Tinib-tinchimagan odamlar allaqachon «yeyishli bananafon» yaratish ustida ham ish boshlashgan...

O‘QING: Yesa bo‘ladigan josuslik banan-telefoniga patent olindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!