Kvadrokamerali eng arzon Samsung smartfoni ilk «jonli» videoda!

  •   DiMaX
  •  2435
  •  07.12.2019 16:30

Kvadrokamerali eng arzon Samsung smartfoni ilk «jonli» videoda!

Janubiy Koreyalik texnogigantning bestseller bo‘lishi kutilayotgan Galaxy A51 smartfoni 12 dekabrda rasman namoyish etiladi. Kuni kecha biz uning birinchi rasmiy suratini e’lon qilgan edik, endi esa boyagina uning ilk «jonli» videosi ham paydo bo‘ldi.

O‘QING: Galaxy A turkumidagi xaridorgir modellarning davomchisi qanday bo‘ladi?

Insayderlardan biri Twitter tarmog‘ida e’lon qilgan 45 soniyalik videolavhada Galaxy A51 bor bo‘yi bilan namoyon bo‘lgan. Videoda yo‘l-yo‘lakay uning to‘rt modulli kamerasidagi har bir sensor xususiyatlariga izoh berib ketilgan. Shuningdek, postdagi matnda smartfonning boshqa jihatlari aytilgan:

Shu paytgacha chiqqan xabarlarga ko‘ra, Galaxy A51 modeli Samsung’ning to‘rttalik kameraga ega eng arzon smartfoni bo‘ladi. Mazkur qurilma Exynos 9611 protsessori, 4-6 GBlik tezkor xotira, Galaxy S11 uslubidagi dizayn hamda OLED-ekranga integratsiya qilingan daktiloskopga ega.

Umuman olganda, Samsung uchta arzonlashtirilgan smartfonini shu dekabr oyidayoq chiqaryapti va bular – Galaxy S10 Lite, Galaxy Note 10 Lite hamda Galaxy A51 modellaridir.

O‘QING: Qimmatbaho smartfonlar va 5G-modellar bozorlarida kimlar yetakchi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.