Layk uchun ichki ishlar xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit qamaldi

  •   DiMaX
  •  720
  •  08.02.2021 08:54

Layk uchun ichki ishlar xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit qamaldi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida ichki ishlar xodimi kiyimini kiyib raqs tushgan yigit va uni videotasvirga olgan voyaga yetmagan bola qo‘lga olindi. Bu to‘g‘rida Zamon.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Toshkentda selfi qilmoqchi bo‘lgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini 27 ming volt tok urdi

Mirzaobod tumanining «Bog‘iston» mahallasida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida ishchi bo‘lib ishlab kelgan, 1995 yilda tug‘ilgan Hasan Do‘stov ichki ishlar xodimlarining xizmat kiyimini kiyib jamoat joyida yurish-turish va odob-axloq qoidasini buzgan xolda tanishi, voyaga yetmagan Diyorbek bilan nojo‘ya xatti-harakatlarni tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan.

Ushbu fuqarolarning shaxsi aniqlandi. Holat yuzasidan Hasan Do‘stovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 209-1-moddasi (xizmat kiyimini ruxsatsiz belgilanmagan tartibda kiyish) bilan ayblov e’lon qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tumani sudida o‘tgan ochiq sud majlisida yigitlarning xatti-harakatiga qonuniy baho berildi. Sud hukmiga ko‘ra Hasan Do‘stov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, ushbu kodeksning 34-moddasiga asosan unga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

O‘QING: Internetda tarqalgan videolar sabab qancha ichki ishlar xodimiga chora ko‘rildi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.