LG’dan «aqlli» ruchka: endi smartfon kerak bo‘lmaydimi?

  •   Saroy
  •  1046
  •  06.07.2018 18:12

LG’dan «aqlli» ruchka: endi smartfon kerak bo‘lmaydimi?

LG kompaniyasi yangi turdagi qurilmaga patent oldi. U ko‘pfunksiyali ruchka bo‘lib, ikkita displeyga ega. Ushbu gadjet smartfon o‘rnini bosishi mumkin. Korpusga joylashtirilgan kichkina ekran  ilovalar belgisi, bildirgi va vaqtni bilish uchun foydalaniladi, ikkinchi ekran esa egiluvchan. U  tugmacha bosilsa to‘g‘ri ruchkadan chiqib keladi. Uni smartfon ekrani o‘rnida ham bemalol ishlatish mumkin.

O‘QING:LG boshqaruvida rahbar o‘zgardi

Ruchkaga datchiklar va sensorlarning bazaviy to‘plamini joylashtirishgan: giroskop, elektron kompos, bosim datchigi, kamera ko‘zini yaqinlashtirgich va kuzatkich shular jumlasidan. Shuningdek, jajji qurilmada barmoq izlari skaneri, mikrofon va dinamik  ham bor. Shularning bari ruchkaga smartfon kabi ishlash imkonini beradi.

O‘QING:LG dunyodagi birinchi «sun’iy ong»li kir yuvish mashinasini chiqaryapti

Patentning o‘zidayoq, ruchkaning smartfonga qanday ulanishi ko‘rsatib berilgan. Zarurat tug‘ilsa ruchka bilan istagan narsaning ustiga qo‘lda  bemalol yoza olasiz, barcha yozilgan ma’lumotlar avtomatik tarzda raqamlashadi va smartfondagi ilovaga ko‘chib o‘tadi.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!