LG ham tugmachalarsiz smartfon ishlab chiqarmoqchi!

LG ham tugmachalarsiz smartfon ishlab chiqarmoqchi!

Mexanik tugmachalarsiz smartfon ishlab chiqarish g‘oyasi yangilik emas. Jumladan yil boshida bir nechta xitoylik kompaniyalar shu kabi form-faktorga ega smartfonlarni namoyish etgandi. Let’s Go Digital resursi tomonidan e’lon qilingan patentga ko‘ra, LG ham tugmachalarsiz smartfon ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Patentlar Koreya intellektual mulk agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Kompaniya ikkita modelni patentlagan va ularni A va B modellar deb atagan.

O‘QING: Tugmachasiz va tirqishsiz ilk smartfon – Meizu Zero sotuvga chiqdi, narxi esa qo‘rqqulik!

Old tomondan qaraganda ushbu ikki model bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Asosiy farq esa orqa panelda aks etgan. A modelda bir nechta kamera datchiklari, B modelda esa yakka datchikli kamera ko‘zda tutilgan. E’tiborli jihati, kompaniya ushbu qurilmalarda standart audiotirqishni o‘z joyida qoldirgan. Smartfonning boshqa xususiyatlari ma’lum emas.

O‘QING: «Jonli» surat: Xitoyliklar ekran romsizligi 100 foizdan oshiq bo‘lgan smartfon tayyorlashdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!