LG V35 ThinQ: «jonli» surat namoyish etildi

  •   Saroy
  •  906
  •  25.05.2018 11:46

LG V35 ThinQ:  «jonli» surat namoyish etildi

Hali ma’lum qilinmagan LG V35 ThinQ smartfonining “jonli” surati tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Rasm Wireless Power Consortium saytining ma’lumotlar bazasiga joylangan. Ko‘rinishidan, yangi smartfonning tashqi qiyofasi  shu yil fevral oyida namoyish qilingan LG V30S Thinq modelidan unchalik farq qilmaydi. Fotosuratda devaysning old tomonini ko‘rish mumkin,  kichik romli katta displey ko‘rinib turibdi. Unda so‘zlashish dinamigi, old kamera va turli datchiklar joy olgan.

O‘QING: Bir ob’yektivli Galaxy S8 bosh kamerasi “qo‘sh ko‘zli” LG G6 va iPhone 7 Plus’ga qarshi

Tarqalgan xabarlarga qaraganda, LG V35 ThinQ  6-dyuymli QHD+ formatli OLED ekranga ega bo‘ladi, tomonlar nisbati 18 ga 9. Qurilmaning ishlashini tezkor xotirasi 6 GB bo‘lgan  Snapdragon 845Z protsessori ta’minlaydi. Smartfonga 64/128 GBli xotira saqlagich o‘rnatiladi,  batareya sig‘imi 3000 mAch. Qurilma qo‘sh kameraga (LG G7 Thinq da ham shunday edi) hamda  32-bitli Quad DAC Hi-Fi chipiga ham ega.

Yangi smartfon kelasi oydan boshlab xaridorlar hukmiga havola etilsa kerak. Bunday tashqari, LG  kompaniyasi yana ikkita arzon modeli – X2 (2018) va X5 (2018) haqida ham ma’lum qilgandi.

O‘QING: AQShda iPhone’dan keyingi ommabop smartfon brendlari aniqlandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.