LG V40 smartfoni uch modulli «ideal» kameraga ega bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  845
  •  19.07.2018 18:28

LG V40 smartfoni uch modulli «ideal» kameraga ega bo‘ladi

Xabaringiz borki, uchta modulli asosiy kameraga ega smartfonlar bosqichini Huawei kompaniyasi o‘zining P20 Pro modeli bilan boshlab bergandi. Garchi Samsung bu borada undan ham o‘zib ketishga bel bog‘lagan bo‘lsa-da, LG ham bo‘sh kelmoqchi emas.

O‘QING: Samsung va Huawei «damini olaversin», eng «serkamera» smartfonni boshqasi chiqaryapti! (+video)

Manbalar LG V40 modelining asosiy kamerasi uchta, old kamerasi esa ikkita modulga ega bo‘lishini aytishmoqda. Bosh kameraning datchiklari 20, 16 va 13 megapikselli bo‘ladi. Tag‘in ulardan biri oddiy ob’yektiv bo‘lsa, ikkinchisi o‘ta keng burchakli, uchinchisi esa teleob’yektiv hisoblanadi. Shu tariqa, LG kompaniyasi «ideal» kamera qanaqa bo‘lishini o‘zining shu flagmani misolida ko‘rsatib qo‘ymoqchi.

Shuningdek, LG V40 flagmani ekrani korpus old yuzasining 90 foiz maydonini egallashi haqida ham xabar berishmoqda. Bulardan tashqari, kompaniya devaysning taqdimotidan to uning bozorga chiqarilish sanasigacha bo‘ladigan vaqtni ham qisqartirmoqchi.

O‘QING: LG’dan besh kamerali smartfon: narxi oshkor bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!