Lucid Air elektromobili Tesla’ning barcha rekordlarini bir pul qildi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  4471
  •  19.09.2020 13:48

Lucid Air elektromobili Tesla’ning barcha rekordlarini bir pul qildi! («jonli» video)

Elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ko‘p bo‘lsa-da, Tesla ular orasida yetakchisi va keng ommalashganidir. Lekin yaqinda Lucid Motors kompaniyasi Lucid Air rusumli elektrik sedanini namoyish etib, Tesla’ning barcha rekordlarini sindirishini e’lon qilgan.

O‘QING: Tesla rahbari Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollaridan ayrildi!

Aftidan, Lucid Motors bekorga maqtanmagan ekan – uning yangi avtomobili allaqachon tezlik bo‘yicha yangi rekord o‘rnatib ulgurdi. Kaliforniya shtatidagi Laguna Seca poyga doirasida u Tesla Model S elektrokarining eng ilg‘or versiyasini mag‘lub etdi!

Lucid Air elektrosedanining poygadagi rekordini aks ettiruvchi quyidagi videorolik guvohlar tomonidan suratga olingan:

Guvohlarning ta’kidlashicha, poyga yo‘lining Laguna Seca qismini Lucid Air atigi 1 daqiqayu 33 soniyada bosib o‘tgan. taqqoslash uchun keltirib o‘tsak: Tesla Model S elektromobilining kuchaytirilgan – Plaid Edition modifikatsiyasi ayni shu yerda 1 daqiqayu 36,55 soniyalik natija ko‘rsatgan. Keyinroq esa Model 3 yangi rekord o‘rnatgan – 1 daqiqa va 35,79 soniya.

Lekin shunisi ham borki, Lucid Air tezligini o‘lchash aynan qo‘l xronometri orqali amalga oshirilganmi yoki trassaga o‘rnatilgan apparat yordamidami – hozircha aniqlik kiritilmayapti. Uning rekordi ham hozircha norasmiy xarakterga ega bo‘lgani uchun, Lucid Motors kompaniyasining o‘zi bu bilan maqtanishga shoshilmayapti.

O‘QING: Tesla’ning kutilmagan kushandasi: Sony o‘z elektromobilini yo‘lga chiqardi (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!