Marsda yashash uchun yetarlicha sharoit bor

  •   Saroy
  •  980
  •  24.10.2018 11:50

Marsda yashash uchun yetarlicha sharoit bor

Mars sayyorasining yerosti suvlarida mikroorganizmlar yashashi va ko‘payishi uchun yetarlicha kislorod bor ekan.

Mars atmosferasida kislorod tarkibi foizning ham sanoqli ulushini tashkil etadi. Bu esa organizmida oqsil bo‘lgan jonzotlarning yashashi uchun juda kamlik qiladi. Ammo aerob organizmlar uchuni  kerakli bo‘lgan gaz Qizil sayyorada yetarli miqdorda ekan. Yaqinda Kaliforniya texnologiyalar institutining bir guruh  olimlari shu haqda maqola e’lon qilishdi.  

O‘QING:  Marsda ulkan ko‘l topildi

Olimlar sovutilgan suyuqlikda kislorod aralashmasining nazariy modelini yaratishdi. Keyin ular Mars sharoitida aralashmaning ahamiyatini hisoblab chiqishdi. Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, qutb doirasiga yaqin hududlarda suyuq suvda bir kub metrda 2 birlikka yetadigan kislorod aralashmasi mavjud ekan. Bu esa mikroorganizmlar rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan sharoitdan ham o‘nlab barobar ko‘p, demoqda olimlar.

Tadqiqotchilar, shuningdek Mars suvlarida so‘nggi 20 million yil davomida kislorod miqdori qanchalik o‘zgarganiga ham aniqlik kiritdilar. 5 million yil davomida Marsdagi iqlim sharoiti kislorod aralashmasining yuqori konsentratsiyasiga sabab bo‘lgan, ya’ni avvalgi davrlar bilan taqqoslaganda 200 barobarga ko‘paygan.

O‘QING: Sog‘mikan, omonmikan? Uch oydirki NASA marsoxod bilan aloqa qila olmayapti

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!