Mashhur strategiya o‘yini iPhone va Android-smartfonlarga chiqyapti: videosi va qo‘llovchi modellar ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  1968
  •  22.08.2020 15:54

Mashhur strategiya o‘yini iPhone va Android-smartfonlarga chiqyapti: videosi va qo‘llovchi modellar ro‘yxati

Windows tizimli kompyuterlarga mo‘ljallangan Company of Heroes o‘yini 2006 yilning 12 sentyabrida taqdim etilgan. Bu yilning sentyabriga kelib, uni iOS hamda Android tizimli mobil qurilmalarga ham chiqarishyapti.

O‘QING: «Chirigan olma»: Apple’ga qarshi Fortnite turnirida sovrinlar yutib oling! (+video)

Aytish kerakki, Company of Heroes joriy yilning fevralidanoq iPad planshetlari uchun chiqqan. Endi esa, 10 sentyabrda bu o‘yinning smartfonlarga mo‘ljallangan versiyasi ham dunyo yuzini ko‘radi.

Xabarga ko‘ra, bu strategiya o‘yinining mobil versiyasi uchun 14 dollarlik narx belgilangan. Uning ichida qo‘shimcha xaridlar bo‘lmaydi, deyishyapti.

Lekin Company of Heroes ancha talabchan chiqib qoldi: uni iOS 13 tizimli iPhone 6S va undan keyingi ayfonlar, shuningdek, kamida Android 9.0 tizimli smartfonlarga yuklab olish mumkin, shundayam hammasiga emas.

O‘QING: Bu ikkita jangovar o‘yinni 27 avgustgacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Aniqroq qilib aytganda, faqat quyidagi modellargagina Company of Heroes o‘rnatish va o‘ynash mumkin:

iOS tizimli devayslar:

  • iPhone 6S va undan yangi ayfonlar;
  • iPad mini (5-avlod);
  • iPad Air (3-avlod);
  • iPad (5-avlod);
  • iPad (6-avlod);
  • iPad (7-avlod);
  • iPad Pro (1-avlod): 9.7 dyuymlik, 12.9 dyuymlik;
  • iPad Pro (2-avlod): 10.5 dyuymlik, 12.9 dyuymlik;
  • iPad Pro (3-avlod): 11 dyuymlik, 12.9 dyuymlik.

Android tizimli gadjetlar:

 

  • Google Pixel 2 va undan yangilari;
  • Samsung Galaxy S8 va undan yangilari;
  • Samsung Galaxy Note 8 va undan yangilari;
  • OnePlus 5T/6T/7/8;
  • Sony Xperia 1/XZ2 Compact;
  • HTC U12+;
  • LG V30+;
  • Motorola Moto Z2 Force;
  • Nokia 8;
  • Xiaomi Mi 6/Mi 9/Mi 9T;
  • Xiaomi Pocophone F1;
  • Xiaomi Redmi Note 8 Pro.

O‘yin ijodkorlarining ta’kidlashicha, agar sizning smartfoningiz modeli bu ro‘yxatga kirmagan bo‘lsa ham, ilovalar do‘konida Company of Heroes ko‘rinsa, qurilmangizga o‘rnatish va unda o‘ynash imkoni bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!