Maxfiy ko‘rsatmada nega AQSh politsiyachilariga yangi iPhone’larga qaramaslik buyurilgan?

  •   DiMaX
  •  1331
  •  15.10.2018 10:27

Maxfiy ko‘rsatmada nega AQSh politsiyachilariga yangi iPhone’larga qaramaslik buyurilgan?

Biror jinoyat bo‘yicha gumondor qo‘lga olinganida, uning smartfoni ham ashyoviy dalil bo‘lib xizmat qilishi, jinoyatga aloqador tafsilotlarni aniqlashtirishda yordam berishi mumkin. Ammo keyingi modellardagi – 3D-skanerga ega iPhone’lar bu borada alohida yondashuvni talab etar ekan.

O‘QING: Jonsiz tana yordamida smartfonni blokirovkadan chiqarish mumkinmi?

Axborot xavfsizligi sohasida faoliyat olib boruvchi Elcomsoft kompaniyasi AQSh politsiyachilariga mo‘ljallab tayyorlagan maxfiy slayd insayderlar qo‘liga tushib qolgan. Unda tavsiya etilishicha, politsiyachilar gumondorning iPhone’i ekraniga iloji boricha qaramasliklari kerak. Zero, keyingi ikki yilda taqdim etilgan ayfonlar egasining qiyofasini tanish orqali tizimni qulfdan chiqarish texnologiyasiga ega. Agarda politsiyachi smartfonga qarasa, smartfon buni 3D-skaner orqali tizimni ochishga urinish, deb baholaydi. Agarda beshta shunaqa samarasiz urinish amalga oshirilsa, ushbu skaner ham bloklanadi va uni ochish uchun maxsus kod kerak bo‘ladi.

Shuningdek, «Home» tugmachasiga barmoq bosish ham tizim qulfini ochishga bo‘lgan urinish sifatida qabul qilinadi. Natijada, beshta muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng bu skaner ham bloklanib qolishi ehtimoli bor. Natijada smartfonni faqat uning egasi biladigan maxsus kod orqaligina blokdan chiqarish mumkin bo‘ladi.

Shu bois ham huquq-tartibot idoralari vakillari smartfonlarni blokdan chiqarishga urinish, deya baholanuvchi harakatlarni amalga oshirmasliklari, jumladan, yangi rusumlardagi ayfonlarning old tomoniga qaramasliklari tavsiya etilgan.

O‘QING: iPhone himoyasini buzish yo‘li topildi! Undan qanday himoyalanishni o‘rganib qo‘ying! (+«jonli» video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!