Maxsus talqindagi flagman – Galaxy S20+ BTS Edition sotuvga chiqib rekord o‘rnatdi

  •   DiMaX
  •  4163
  •  20.06.2020 10:42

Maxsus talqindagi flagman – Galaxy S20+ BTS Edition sotuvga chiqib rekord o‘rnatdi

Samsung kompaniyasi kuni kecha Galaxy S20+ smartfonining hamda Galaxy Buds+ quloqchinining maxsus versiyalarini namoyish qilgan edi. Ular tegishlicha Galaxy S20+ BTS Edition hamda Galaxy Buds+ BTS Edition deb nomlangan.

O‘QING: Ikki yillik Samsung smartfonlariga ham Galaxy S20 imkoniyatlari qo‘shildi!

Mazkur gadjetlar Janubiy Koreyadagi mashhur yoshlarbop xonandalar guruhi – Beyond The Scene sharafiga shunday nomlangan. Samsung kompaniyasi Twitter tarmog‘ida ularning sotuvga chiqarilishi haqida post qo‘ygan va u @SamsungMobile sahifasi tarixidagi eng ommabop publikatsiyaga aylangan.

Bugina emas, Galaxy S20+ BTS Edition hamda Galaxy Buds+ BTS Edition sotuvga chiqishi bilan, bir soatga ham qolmasdan ularning barchasi sotib tugatilgan. Janubiy Koreyada bularning dastlabki xaridorlarga ayni shu dizayndagi simsiz quvvatlash paneli ham hadya tarzida qo‘shib berilgan.

Oddiy versiyalaridan farqi – BTS Edition talqinidagi devayslar maxsus, rasman Haze Purple deb ataluvchi yangi rangda ishlab chiqarilgan. Korpus rangi va qadoq dizaynidan tashqari, Galaxy S20+ BTS Edition uchun maxsus raqamli kontent ham taqdim etilgan.

O‘QING: Samsung burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirdi: bu arzon smartfonni kutmay qo‘yaveramiz!

Smartfon faqat shu versiyagagina mansub maxsus interfeys mavzulariga, Weverse ilovasiga ega. Uning jamlanmasiga o‘z qurilmalarini bezatish uchun nakleyka – stikerlar hamda BTS guruhi a’zolarining fotosuratlari ham kiritilgan.

Aytish kerakki, Galaxy S20+ BTS Edition hamda Galaxy Buds+ BTS Edition versiyalari Rossiyada ham, tegishlicha 84 990 rubl va 16 990 rubldan sotuvga chiqyapti. Ularning har ikkalasiga 8 iyulgacha oldindan buyurtma rasmiylashtirganlar esa hadya sifatida quloqchin uchun 50 foizlik chegirmani yoki simsiz quvvatlash uskunasini qo‘lga kiritadilar.

O‘QING: Samsung Upgrade dasturi: Galaxy smartfonlarini endi har yili yarim narxida olish mumkin! (+video)