Maymunni chiplashtirib videoo‘yin o‘rgatgan Mask endi odamlarni chiplashtirish muddatini aytdi

  •   DiMaX
  •  980
  •  04.02.2021 17:15

Maymunni chiplashtirib videoo‘yin o‘rgatgan Mask endi odamlarni chiplashtirish muddatini aytdi

Kuni kecha biz Neuralink kompaniyasi maymunga chip o‘rnatib, videoo‘yinlar uni o‘ynashga o‘rgatgani haqida yozgan edik. Uning rahbari Ilon Mask  so‘zlariga ko‘ra, chip shu yildan insonlarda sinab ko‘rilishi mumkin, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

Kompaniya yaqin davrdan beri simsiz chiplar ishlab chiqarmoqda, uning yordamida odamlar ma’lum bir kompyuterni boshqarish uchun o‘z aqllaridan foydalanishlari mumkin.

Birinchi ishchi prototip Gertruda laqabli cho‘chqada sinovdan o‘tkazilgan edi. Maymun ustida sinovlar o‘tkazilgandan so‘ng, ushbu chipni odamlarga o‘rnatishni boshlash rejalashtirilgan.

Shunisi e’tiborga loyiqki, ko‘p odamlar sog‘ligidagi muammolarini hal qilish uchun hozirdan klinik sinovlarda qatnashishga rozi bo‘lishgan.

Ilon Mask kompaniyasi tomonidan chipni odamlar uchun imkon qadar xavfsizroq qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini qo‘shimcha qilgan. Bir muncha vaqt oldin kompaniya rahbari simsiz chipni eksperimental maymunning bosh suyagiga zamonaviy video o‘yinlarni o‘ynashi uchun joylashtira olganini aytib o‘tgan edi.

Ammo chipning bunday imkoniyatlari asosiy maqsadga kichik bir qo‘shimcha bo‘ladi xolos.  Dastlab, chiplar baxtsiz hodisalar yoki ba’zi bir jiddiy kasalliklarga duchor bo‘lgan odamlarda orqa miyaning shikastlanishlarini bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.

O‘QINGBoylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!