MDC M Series – yangi va hamyonbop smartfonlar seriyasi

  •   DiMaX
  •  2399
  •  25.02.2019 14:16

MDC M Series – yangi va hamyonbop smartfonlar seriyasi

Xitoyning MDC kompaniyasi o‘tgan yilning so‘nggi oylaridan boshlab o‘zining M seriyasidagi arzon smartfonlarini sotuvga chiqarishni boshladi. Hozirda ushbu seriyadan M100, M200 va M5 nomli modellar o‘rin olgan bo‘lib, ular zamonaviy texnik xususiyatlarga ega, hamyonbop va rasmiy kafolatli smartfon sotib olishni istagan xaridorlarga juda mos keladi.

O‘QING: Terashop.uz’da MDC smartfonlari arzonlashdi, yana aksiya ham bor – narxlari bilan tanishing! (2019 yil 23 fevral)

MDC M5

MDC M5 – ushbu kompaniya sotuvga chiqargan so‘nggi model bo‘lib, to‘liq metall korpus bilan jihozlangan. Cmartfonga 4 yadroli Mediatek MT6739 protsessori o‘rnatilgan. Qurilma O‘zbekistondagi barcha aloqa operatorlarining 4G tarmoqlarida ishlaydi, unga 2 ta SIM-karta joylash mumkin. Xotirasi 2/16 gigabayt, unga yana qo‘shimcha tarzda 64 gigabaytgacha bo‘lgan MicroSD kartasi o‘rnatishingiz mumkin. Smartfon Android 8.1 Oreo operatsion tizimida ishlaydi, u 5.7 dyuymlik HD+ (1440x720 piksel) aniqligidagi, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli IPS ekran bilan jihozlangan.

Asosiy kamera 13 + 0.3 megapiksellik aniqlikdagi qo‘sh moduldan tashkil topgan, unga LED-chaqnoq o‘rnatilgan va avtofokus ko‘zda tutilgan. Old kamera aniqligi esa 5 megapiksellik. Ushbu modelda ham shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalash uchun an’anaviy kod-parollardan tashqari barmoq izi skaneri hamda Face-Lock funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Narx-navo: ushbu qurilmani O‘zbekiston bozorida 765 000 so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: MDC M5 – hamyonbop 4G-smartfon sotuvga chiqdi

MDC M200

Bu model Android Go tizimida ishlaydi. Unga 4 yadroli MTK6580 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, tezkor xotirasi 1 GB, doimiy xotirasi esa 8 gigabayt hajmga ega. Unga yana qo‘shimcha 64 GBgacha hajmli MicroSD formatli xotira kartasi o‘rnatish mumkin. Ushbu smartfonda video-kontent ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlar, qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, musiqa kabi talaygina kundalik vazifalarni bemalol bajarsa bo‘ladi.

MDC M200 diagonaliga 5.45 dyuymlik, 1440x720 piksel aniqlikdagi HD+ TFT LCD matritsali displey bilan jihozlangan. Ekranning tomonlar nisbati 16:9, u to‘liq laminatsiya bilan qoplangan.

Korpusning orqa tomonida 5 megapiksellik kamera, LED-chaqnoq hamda barmoq izi skaneri mavjud. Old tomoniga esa 2 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan. Smartfonning o‘ng tomonidan ovoz balandligini boshqarish tugmasi va quvvatni o‘chirish tugmasi joy olgan. Ishlab chiqaruvchi korpusning chap tomoniga yana bir tugma joylashtirgan, u orqali siz o‘zingizga zarur vazifani tezda ishga tushirish uchun sozlab qo‘yishingiz mumkin.

Narx-navo: ushbu smartfonni O‘zbekiston bozorida 550 000 so‘mdan boshlab xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Android Go tizimli MDC M200 smartfoni O‘zbekistonda arzon narxda savdoga chiqdi!

MDC M100

Mazkur smartfon 5 dyuymlik (480x854 piksellik) IPS-ekran, 8 gigabaytlik ichki xotira, 5/2 megapiksellik kameralar, GPS, Wi-Fi, Bluetooth aloqasi bilan jihozlangan. U Google tomonidan yaratilgan Android Go platformasida ishlaydi. Bu smartfonga ikkita SIM-karta va qo‘shimcha xotira kartasini o‘rnatsa bo‘ladi. Batareya sig‘imi 1800 mA/soat bo‘lib, quvvati naq 20 soat ovozli qo‘ng‘iroqqa yetadi.

MDC M100 smartfoni 2G va 3G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, unga Kid Control ilovasini o‘rnatib, farzandingizning hozirda qayerda ekanligini real vaqtda ko‘rib tursangiz bo‘ladi.

Narx-navo: Qurilma O‘zbekiston bozorlarida 420 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

O‘QING: MDC M100 – farzandingiz uchun juda qulay, atigi 400 ming so‘mlik smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!