MDC M300 – yaxshi va hamyonbop smartfon izlayotganlar uchun maqbul tanlov

  •   DiMaX
  •  1672
  •  08.04.2019 12:46

MDC M300 – yaxshi va hamyonbop smartfon izlayotganlar uchun maqbul tanlov

 Xitoyning MDC kompaniyasi yurtimizda yaxshi texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan hamyonbop smartfonlarni xaridorlarga taklif etadi. Kompaniyaning yaqinda sotuvga chiqqan MDC M300 modeli ham aynan mana shunday qurilmalardan biridir. Bu telefon zamonaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan hamyonbop smartfon izlayotganlar uchun ajoyib tanlovdir.

O‘QING: Android Go tizimli arzon 4G-smartfon – MDC M300 ham sotuvga chiqdi!

MDC M300 diagonaliga 5.45 dyuymlik, 1440x720 piksel aniqlikdagi HD+ IPS LCD matritsali displey bilan jihozlangan. Ekranning tomonlar nisbati 18:9 bo‘lib, u to‘liq laminatsiya bilan qoplangan. Smartfon to‘rt yadroli Mediatek MT6739 protsessorida ishlaydi. Asosiy kamera aniqligi 8 MP, old kameraniki – 5 MP. Operativ xotirasi 1 GB, ichiga o‘rnatilgan xotira sig‘imi esa 8 GBni tashkil qiladi, bunga qo‘shimcha tarzda 64 GBgacha bo‘lgan microSD-karta o‘rnatish mumkin.

MDC M300 O‘zbekistondagi barcha operatorlarning 4G tarmoqlarida ishlay oladi. Unga o‘rnatilgan Android Go tizimi dasturning yaxshi ishlashini ta’minlaydi. Qurilmaning O‘zbekistondagi narxi 615 000 so‘mdan boshlanadi. Ishlab chiqaruvchi o‘z modellariga bir yillik kafolat xizmatini taqdim qiladi.

MDC M300 cmartfonini yurtimizdagi elektronika bozorlaridan xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: MDC M Series – yangi va hamyonbop smartfonlar seriyasi

MDC M300 smartfonining texnik xususiyatlari quyidagicha:

  • 5.45 dyuymlik ekran, 1440x720 piksel (16:9);
  • 1.3 GGs takt chastotali, 4 yadroli Mediatek MTK6739 protsessori;
  • 1 GB tezkor xotira;
  • 8 GB ichki xotira;
  • 64 GB gacha microSD o‘rnatish mumkin;
  • 8 MP asosiy kamera;
  • 5 MP old kamera;
  • Ikkita SIM-kart uchun ikkita slot;
  • Wi-Fi 802.11n + Bluetooth 4.0;
  • Akkumulyator hajmi 2450 mA/soat;
  • Android Go 8.1;
  • O‘lchamlari: 145 x 70.5x 9.1mm.

 O‘QING: Arzonlashgan MDC smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qilib, 16 GBlik SanDisk xotira kartasini hadyaga oling! (2019 yil 27 mart)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!