MDC M5 – hamyonbop 4G-smartfon sotuvga chiqdi

  •   DiMaX
  •  4294
  •  25.01.2019 16:14

MDC M5 – hamyonbop 4G-smartfon sotuvga chiqdi

2018 yilning boshida yurtimiz bozoriga kirib kelgan MDC kompaniyasi bir qator rusumlardagi smartfonlar taqdim etgan. Mazkur brend M5 nomi ostida yana bir hamyonbop, metall korpus va yirik displey bilan jihozlangan modelini sotuvga chiqardi.

O‘QING: MDC Nova Pro: Face Lock funksiyali arzon 4G-smartfon sotuvga chiqdi

MDC M5 smartfoniga 4 yadroli Mediatek MT6739 protsessori o‘rnatilgan. Qurilma O‘zbekistondagi barcha aloqa operatorlarining 4G tarmoqlarida ishlaydi, unga 2 ta SIM-karta joylash mumkin. Xotirasi 2/16 gigabayt, unga yana qo‘shimcha tarzda 64 gigabaytgacha bo‘lgan MicroSD kartasi o‘rnatishingiz mumkin. Smartfon Android 8.1 Oreo operatsion tizimida ishlaydi, u 5.7 dyuymlik HD+ (1440x720 piksel) aniqligidagi, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli IPS ekran bilan jihozlangan.

Asosiy kamera 13 + 0.3 megapiksellik aniqlikdagi qo‘sh moduldan tashkil topgan, unga LED-chaqnoq o‘rnatilgan va avtofokus ko‘zda tutilgan. Old kamera aniqligi esa 5 megapiksellik. Ushbu modelda ham shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalash uchun an’anaviy kod-parollardan tashqari barmoq izi skaneri hamda Face-Lock funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Smartfon korpusi metalldan ishlangan, bu esa uning tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshiradi. Akkumulyatorning tok sig‘imi 3300 mA/soat ekanligini hisobga olsak, qurilmadan kun davomida bemalol faol tarzda foydalanish mumkin.

MDC M5 modeli O‘zbekiston bozorida 765 ming so‘m atrofidagi narxda, tillarang va qora tusli korpuslarda taklif etilmoqda. Va asosiysi – har doimgidek, MDC brendi o‘zining barcha qurilmalari qatori, ushbu yangi smartfoniga ham 1 yillik rasmiy kafolat taqdim qiladi!

O‘QING: Barcha modellardagi hamyonbop MDC smartfonlari yanada arzonlashdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.