Meizu 16 va 16 Plus smartfonlarining taqdimot sanasi ham, narxi ham ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  967
  •  25.07.2018 12:56

Meizu 16 va 16 Plus smartfonlarining taqdimot sanasi ham, narxi ham ma’lum bo‘ldi

Xitoy telekommunikatsiya uskunalarini sertifikatsiyalash markazi TENAA saytida yangi Meizu 16 va 16 Plus smartfonlari tasviri paydo bo‘ldi. Gap shundaki, ushbu yangi apparatlar ishlab chiqaruvchi tomonidan hali rasman taqdim etilmagan.

TENAA smartfonlarning fotografiyasi bilan birga ayrim tavsifi haqida ham ma’lumot bergan. 

O‘QING:Meizu M5s: arzon smartfon xarid qilish uchun 5 sabab

Ikkala smartfon ham romsiz dizaynga ega bo‘lib,  orqa panelda vertikal joylashgan asosiy qo‘sh kameraga ega bo‘ladi. Barmoq izlari skaneri ko‘rinmaydi, mish-mishlarga qaraganda u to‘g‘ridan to‘g‘ri ekran bilan integratsiyalashtirilgan.

O‘QING:Meizu X8: kompaniyaning displeyi qirqmali ilk smartfoni

Meizu 16’ ning kattaligi  150,5 x 73,2 x 7,3 mm. Akkumulyator sig‘imi 2950 mAch. Gap-so‘zlarga qaraganda, qurilma Qualcomm Snapdragon 710 protsessorida ishlaydi.

Meizu 16 Plus’ ning kattaligi esa 160,4 x 78,2 x 7,3 mm. Uning akkumulyatori sig‘imi 3570 mAch. Protsessor ham kuchliroq, ya’ni Qualcomm Snapdragon 845.

Meizu 16 va 16 Plus apparatlarining debyuti 8 avgustga belgilangan, Samsung Galaxy Note 9 flagmani taqdimotidan bir kun avval. Taxminiy narxlar quyidagicha:

  • Meizu 16 6+64 GB — 469 dollar
  • Meizu 16 6+128 GB — 515 dollar
  • Meizu 16 Pro 6+ 128 GB — 579 dollar
  • Meizu 16 Pro 8+ 256 GB — 625 dollar

O‘QING:Google Yevrokomissiya jarimasi tufayli Android’ni pullik qilmoqchi