Meizu 16S flagmanining surati e’lon qilindi: uch modulli kamera va... «tirqish»li ekran!

  •   DiMaX
  •  652
  •  27.11.2018 13:45

Meizu 16S flagmanining surati e’lon qilindi: uch modulli kamera va... «tirqish»li ekran!

Smartfonsozlar o‘zlarining flagman modellarida asosiy kamera modullarini ko‘paytirishda davom etishmoqda. Joriy yilning boshida qo‘shaloq bosh kamera urfga kirgan bo‘lsa, hozirda ular kamida uchta ob’yektivli bo‘lyapti, hatto to‘rttaligi ham bor...

O‘QING: Meizu Note 8 Plus – to‘rt modulli kameraga ega ikkinchi smartfon!

Hali rasman tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, Meizu kompaniyasining navbatdagi eng ilg‘or smartfoni ham uch modulli bosh kamera bilan jihozlanadi. Shuningdek, bugun – 27 noyabrda e’lon qilingan quyidagi render surat ushbu Meizu 16S flagmanining boshqa xususiyatlari haqida ham ma’lumot beradi.

Meizu 16S modeli Qualcomm kompaniyasining hali rasman namoyish etilmagan Snapdragon 8150 protsessori bazasiga qurilishi avvaldan ma’lum. Yuqoridagi renderga ko‘ra, bu flagmanning displeyiga barmoq izi skaneri integratsiya qilinyapti. Bugina emas – ekranning yuqori chap burchagida kamera «tirqish»iga ham ko‘zimiz tushadi. Ehtimol, Samsung’dan oldin hali Meizu ham «teshik»li displeyga ega smartfon chiqarib ulgurar?

O‘QING: Samsung yana dog‘da qoldi: «tirqish»li ekranga ega smartfonni allaqachon xitoyliklar chiqarib ulgurishdi! («jonli» surat)

Render-suratga ko‘ra, Meizu 16S orqa panelining o‘rta qismida asosiy kameraning uchta moduli tikka joylashgan. Ular ostida esa aylanasimon shaklli fotochaqnoq o‘rnatilgan.

To‘g‘ri, bu surat hali rasmiy maqomga ega yoki «jonli» rasm bo‘lmagan, shunchaki hozirgacha «sizib chiqqan» ma’lumotlar asosida tayyorlangan render hisoblanadi. Lekin Meizu kompaniyasidan har narsa kutsa bo‘ladi – oktyabr oyida uning amaldagi flagmani AnTuTu reytingida ikkinchi o‘ringa chiqib olgandi. Ayni shu – Meizu 16 modeli ayni damda O‘zbekistonda rasman sotilayotgan eng kuchli Android-smartfon ekanligini ta’kilshash o‘rinlidir. Bu flagmanning 8/128 gigabaytlik xotiraga ega talqinini esa hozirda Terashop.uz internet-do‘konimizda 4 150 000 so‘mga xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Meizu 16 flagmani va bu brendning boshqa smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 16 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!