Meizu 16s ham Galaxy S10 va Mi 9 darajasida kuchli bo‘lyapti!

  •   DiMaX
  •  982
  •  15.11.2018 16:22

Meizu 16s ham Galaxy S10 va Mi 9 darajasida kuchli bo‘lyapti!

Joriy yilning oktyabrida AnTuTu servisi ushbu benchmarkda sinab ko‘rilgan smartfonlarning samaradorligi bo‘yicha oylik reytingini e’lon qilgandi. Unda birinchi o‘rin o‘zgarmagan esa-da, ikkinchi pog‘onaga Meizu 16th chiqib kelishi ko‘pchilikni hayratda qoldirgan.

O‘QING: Eng zo‘r Android-smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu talqini, 2018 yil, oktyabr): xitoyliklar Samsung’ni siqib chiqarishdi!

Ushbu ishlab chiqaruvchi endi barchani lol qoldirishga yanada qattiqroq bel bog‘lagan ko‘rinadi. Zero, manbalarning xabar berishicha, uning navbatdagi flagmaniga Qualcomm kompaniyasining hali rasman taqdim etilmagan, eng ilg‘or Snapdragon 8150 protsessori o‘rnatilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, yangi smartfon ham kompaniyaning hozirgi «bayroqdor» modeli – Meizu 16th dizayniga ega, ammo sal o‘zgarishlari bo‘ladi. Bu qurilma Meizu 16s nomi bilan taqdim etilishi kutilmoqda, biroq ishlab chiqaruvi hali model nomi borasida bir qarorga kelmagan.

Eslatib o‘tamiz, yakka kristalli Snapdragon 8150 chipi kelasi yilning boshida dastlab Samsung Galaxy S10 hamda Xiaomi Mi 9 flagmanlarida qo‘llanishi kutilayotgan edi. Endi esa ular qatoriga kutilmaganda Meizu 16s ham qo‘shildi. Demak, samaradorlik bo‘yicha yetakchilik uchun kurash qizg‘in kechadi!

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda mana shu uchta kompaniya – Samsung, Xiaomi hamda Meizu smartfonlarini xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: qaysi biri zo‘r?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.