Meizu jurnalistlarni hayron qoldirdi

  •   Saroy
  •  1193
  •  27.07.2018 18:12

Meizu jurnalistlarni hayron qoldirdi

Meizu kompaniyasi Meizu 16 lineykasi taqdimoti uchun Ommaviy axborot vositalari vakillariga taklifnoma jo‘natdi. Bunday tajriba aksariyat ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan qo‘llanilib kelinadi. Ular IT-portallarga yangi mahsuloti bilan bog‘liq tadbirlarga yoki taqdimotlarga sanasi va vaqti ko‘rsatilgan taklifnomalarni  jo‘natadi. Meizu esa bu gal jurnalistlarni haqiqiy ma’noda hayratga solishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘QING:Meizu X8: kompaniyaning displeyi qirqmali ilk smartfoni

Jurnalistlar taklifnoma bilan birga Meizu logotipi tushirilgan qora quti ham olishdi. Qutini ochib qarashganida uning ichidan tadbir sanasi o‘yib yozilgan taklifnoma hamda oddiy shampun chiqdi. Shunday qilib, Xitoyning mashhur smartfon ishlab chiqaruvchisi quti ichiga yangi flagman taqdimotiga taklifnoma bilan birga  400 gramli Haifeisi shampunini ham joylab jo‘natgan ekan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, Meizu ushbu kompaniya bilan hamkorlik qilib kelar ekan.

O‘QING:Meizu 16 smartfoni tayyor: taqdimot kuni rasman e’lon qilindi

Taklifnomada shuningdek, smartfon “kemtiksiz”, amma qurilmaning ishlash samarasi oliy darajada bo‘lishi haqida aytilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, yangi Meizu 16 6-dyuymli yupqa romli bo‘lib, birorta ham qirqmasi bo‘lmaydi. Yangi qurilma sakkizyadroli Snapdragon 845 protsessori bilan ta’minlangan.

O‘QING:Meizu 16, Meizu 16 Plus va Meizu X8 smartfonlarining narxi e’lon qilindi

 

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!