Meizu «Sevishganlar kuni»da Redmi Note 7 raqibini namoyish etadimi?

  •   DiMaX
  •  1408
  •  12.02.2019 18:19

Meizu «Sevishganlar kuni»da Redmi Note 7 raqibini namoyish etadimi?

Kuni kecha Meizu kompaniyasi rasman ma’lum qildiki, 14 fevralda u matbuot anjumani o‘tkazib, yangi smartfonini taqdim etadi. Manbalar uning Redmi Note 7’ga raqobatchi – Meizu Note 9 bo‘lishini taxmin qilishdi.

O‘QING: Meizu Note 9 ham Redmi Note 7’ga qarshi maydonga tushmoqda!

Kecha – 11 fevralda kompaniya smartfon silueti aks etgan reklama posterini e’lon qildi. Unda smartfonning pastki qismidan go‘yoki tovush taralayotgandek, «3» raqami esa taqdimotgacha qolgan kunlar sonini anglatadi:

Darvoqe, ushbu model allaqachon Xitoy registratori – TENAA saytida ham paydo bo‘lgan:

Lekin kompaniya bugun – 12 fevralda yana bitta tizer suratini tarqatdi va undagi smartfon silueti yuqoridagi suratga umuman o‘xshamaydi – kamerasi chap burchakda emas, balki o‘rtada joylashgan:

Xullasi kalom, «Sevishganlar kuni»da Meizu aynan qanday qurilmani namoyish etishi hozircha sir bo‘lib turibdi. Balki, Note 9 bilan birga yana bitta yangi smartfon taqdim etilar va u Meizu 16s modeli bo‘lar.

O‘QING: Tugmachasiz va tirqishsiz ilk smartfon – Meizu Zero sotuvga chiqdi, narxi esa qo‘rqqulik!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!