Messenger va Instagram’ga zo‘r funksiya qo‘shildi!

  •   DiMaX
  •  949
  •  16.11.2020 11:43

Messenger va Instagram’ga zo‘r funksiya qo‘shildi!

Facebook kompaniyasi bir nechta ijtimoiy tarmoq va messenjer servislariga egalik qilishidan xabaringiz bor. Uning jamoasi Facebook Messenger hamda Instagram ilovalariga yangi funksiya qo‘shilganini e’lon qildi.

O‘QING: Instagram'da yangilanish. Yangi funksiyalardan endi siz ham foydalana olasiz

Mazkur messenjerlarga Vanish Mode nomli yangi rejim joriy etilgan bo‘lib, u avtomatik tarzda o‘chib ketuvchi xabarlar yuborish imkonini beradi. Uni faollashtirgach yuborilgan rasm, video, fayl va matnlar suhbatdosh chatni yopishi bilan yo‘qolib qoladi.

Bundan tashqari, Vanish Mode rejimida suhbatdoshingiz chatni skrinshot qilsa, bu haqda sizga bildirishnoma keladi.

 O‘QING: Ruxsat berilmaydigan joylarda ham skrinshot olish yo‘llari bor!

Aytish kerakki, Messenger’da yo‘qolib ketuvchi xabarlar funksiyasi avvalroq paydo bo‘lgan, lekin o‘ta noqulay edi. Ya’ni, unda yuborilayotgan har bir xabar uchun o‘chib ketish taymerini alohida-alohida o‘rnatish kerak bo‘lardi. Instagram’da esa bunaqa imkoniyat umuman yo‘q edi.

Vanish Mode rejimini yoqish uchun yangi boshlangan chat oynasida barmoq bilan yuqoriga silash kifoya. Ayni shu harakatning takroran bajarilishi esa mazkur rejimni o‘chiradi.

O‘z-o‘zidan yo‘qolib qoluvchi xabarlar funksiyasi hozircha faqat AQShdagi Messenger foydalanuvchilariga taqdim etilgan. Instagram ilovasida bu imkoniyat endi faollashtiriladi, keyinroq boshqa mamlakatlardagi yuzerlarga ham taqdim etiladi.

O‘QING: Facebook asoschisi haqida qiziqarli 10 ta fakt

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!