Mi Band 3 «kushandasi» – NFC modulli Honor Band 4 «jonli» suratlarda!

  •   DiMaX
  •  1006
  •  14.09.2018 16:16

Mi Band 3 «kushandasi» – NFC modulli Honor Band 4 «jonli» suratlarda!

Huawei kompaniyasi joriy oyning boshida o‘zining Honor Band 4 rusumli smart-bilaguzukni taqdim etgan edi. U taqiluvchi devayslar bozori yetakchilaridan hisoblangan Xiaomi Mi Band 3’ning asosiy raqobatchisi sifatida maydonga tushayotir.

O‘QING: Huawei’ning niyati jiddiy: u Mi Band 3 «kushanda»sini tayyorladi!

Bugun esa hozircha savdoga chiqib ulgurmagan ushbu gadjetning bir nechta «jonli» rasmlari internetda tarqaldi.

Honor Band 4 «aqlli» bilaguzugining to‘laqonli AMOLED-displeyida tasvir aniqligi 240x120 pikselni tashkil etadi. Diagonaliga 0,95 dyuymlik rangli ekran yuzasiga 2.5D himoya shishasi yotqizilgan.

Qurilmada bittagina – «Home» tugmachasi mavjud bo‘lib, u ham ekranga integratsiya qilingan. Brasletning tasmachasi esa Fransuz Estetika Akademiyasi (French Academy of Aesthetics) bilan hamkorlikda ko‘rkam qilib tayyorlangan.

Huawei bu gadjetini NFC moduli bilan ham ta’minlagan – u orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Honor Band 4 suvdan himoyalangan – uni taqqancha, qo‘rqmasdan 50 metrgacha suv tubiga sho‘ng‘iyverasiz!

Oddiy rejimda u 14 kungacha quvvatlashsiz ishlay oladi. Yurak urishlarining chastotasini doimiy nazorat qilib turish rejimida esa bilaguzukning quvvati 6 kunga yetadi.

Xitoylik texnogigant Honor Band 4 uchun 29 AQSh dollari miqdorida narx belgilagan. Uning raqibi – Xiaomi Mi Band 3 «aqlli» brasletining NFC modulli versiyasi ham shuncha turadi.

O‘QING: Mi Band 3 «kushandasi» sotuvga chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.