Mi Mix 3 yangi «jonli» suratlarda: sirli yangi tugmacha nima ekan-a?

  •   DiMaX
  •  2272
  •  28.07.2018 11:18

Mi Mix 3 yangi «jonli» suratlarda: sirli yangi tugmacha nima ekan-a?

Xiaomi korporatsiyasi o‘zining navbatdagi flagmani – Mi Mix 3 modelini joriy yilning sentyabrida taqdim etishi kutilmoqda. Garchi rasman e’lon qilinmayotgan esa-da, internetda bu devays haqida turli ma’lumotlar, uning «jonli» suratlari va hatto videosi ham tarqalgan.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Mutlaqo romsiz Xiaomi Mi Mix 3’ni ilk «jonli» suratda ko‘ramiz! (+video)

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Mi Mix 3 gadjetiining navbatdagi «jonli» rasmlari e’lon qilindi. Qizig‘i, u nimasi bilandir hozirda bozorga taqdim etilgan eng innovatsion smartfon – Vivo NEX’ni eslatadi: ekran atrofida o‘ta yupqa hoshiyali, old kamera yo‘q.

Mi Mix 3 texnik jihatlari haqida ma’lumotlar ko‘p emas; so‘nggi xabarlarga qaraganda, u LG Display ishlanmasi bo‘lgan 6.39 dyuymlik OLED-displeyga ega. Kamerasida esa, xuddi Mi Mix 2s modelida qo‘llangan – 12 megapikselli Sony IMX363 datchigi bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3 yangi suratda: romsiz ekran, shisha korpus va USB Type-C porti!

Avvalgi rasmlardagidan farqli ravishda, yangi suratlarda ko‘rsatilgan smartfonning yon tomonida yangi tugmachasi mavjud. Kuzatuvchilar buni AI – sun’iy ong funksiyalarini faollashtiruvchi unsur, deya taxmin qilishmoqda.

Ayrim insayderlar esa bu smartfonning Xiaomi’ga hech qanday aloqasi yo‘qligini, rasmda Vivo NEX’ning allaqanday yangi modifikatsiyasi tasvirlanganligini aytishmoqda.

Yaqin kunlarda bunga ham oydinlik kiritilsa kerak, voqealar rivojini biz bilan birga kuzating.

O‘QING: Xiaomi’ning eng romsiz smartfoni videoda: Vivo NEX innovatsiyalariga ega!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!