Microsoft barcha Android-smartfonlar uchun zo‘r ilova chiqardi
Smartfonni o‘zingizga moslab sozlashning muhim qismi – oboy tanlashdir: foydalanuvchi interfeysining qanday qabul qilinishi ko‘pincha unga bog‘liq. Microsoft shuni inobatga olib, Bing Wallpapers nomli yangi ilova taqdim qildi.
Bing Wallpapers ilovasi – dunyoning turli burchaklaridan olingan maftunkor fotosuratlardan tuzilgan oboylar jamlanmasidir. Lekin shuning o‘zigina emas: dasturdagi rasmlardan har birida kichik tavsif ham berilgan – bu esa Yer yuzining qiziqarli joylari haqida yangi faktlar o‘rganish imkonini beradi.
Dasturda kerakli suratni ko‘plab filtrlar yordamida izlab topish imkoni joriy etilgan: rasmning asosiy rangi, undagi ob’yekt joylashgan mamlakat, surat toifasi va hokazo. Lekin Bing Wallpapers’ning asosiy o‘ziga xosligi – smartfon ekranidagi oboylarni har kuni avtomatik tarzda almashtirib turishidir. Shuning evaziga qurilmangiz ekrani sizga har kuni yangi hayratlar baxsh etadi va hech qachon joningizga tegmaydi. Aytib o‘tish o‘rinliki, mazkur funksiya kompaniya avvalroq taqdim etgan launcher – Microsoft Launcher ilovasida ham mavjud.
Bing Wallpapers ilovasini Google Play katalogidan mazkur havola orqali o‘rnatib olish imkoni mavjud. Agarda biror xatolik sababli u yerdan yuklash imkoni bo‘lmasa, dasturning APK-faylini mana bu havola orqali ko‘chirib olib, o‘zingiz mustaqil o‘rnatishingiz mumkin. Android 8 va undan yuqori talqindagi operatsion tizimga tushuvchi bu ilova butkul bepul ekanligi, yana ichida biror reklamasi yo‘qligi sizga ham ma’qul keladi.