Microsoft’dan mish-mishlar: Xbox konsolining bir yo‘la ikki versiyasi tayyorlanmoqda

  •   Saroy
  •  692
  •  25.07.2018 10:22

Microsoft’dan mish-mishlar:  Xbox konsolining bir yo‘la ikki versiyasi tayyorlanmoqda

E3 2018 ko‘rgazmasida  Xbox rahbari Fil Spenser Microsoft yangi konsol ustida ish boshlagani haqida ma’lum qilgandi. Yaqinda esa, shunday mish-mish gaplar paydo bo‘ldi – go‘yo kompaniya bir yo‘la ikkita o‘yin qurilmasini chiqarar ekan.

Tinib tinchimas jurnalistlarning surishtiruvi natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Microsoft Xbox Skarlet’ning ikki modifikatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Birinchisida  o‘zining jihozlari bilan ta’minlanadi va o‘yinni ishga tushiradi, ikkinchisida  esa,  Scarlett Cloud bilan striming o‘ynash uchun qurilma bilan ta’minlanadi.

O‘QING:Sony PlayStation 4 qachon o‘yindan chiqadi?

Strimingli konsol «eski modellar»dan kuchsizroq bo‘ladi hamda tasvirni chiqarish va qayta ishlash, geympaddan signal qabul qilish  va boshqa ko‘p funksiyalarni o‘z zimmasiga oladi.  Ushlanib qolish va lag bilan muammo bo‘lmasligi  uchun o‘yin bir vaqtning o‘zida ham qurilmada, ham serverda qayta ishlanadi. Buning uchun konsol qo‘shimcha ravishda kuchaytirilgan. Shunga qaramay u “avvalgi” Xbox’dan arzon turadi.

Bunday model o‘yinchilarga ham kompaniyaga ham ma’qul keladi. Chunki, bunda o‘yinchilar o‘yinning arzon muqobiliga ega bo‘lsa, kompaniya ko‘p daromad oladi. Microsoft qurilmaning o‘zidan emas, balki raqamli nusxalar va serverlarni sotishdan foyda oladi. Scarlett Cloud Xbox Gamepass bilan ishlasa kerak, chunki u reliz kunida ham o‘ynashga ruxsat beradi. Yana qo‘shimchasiga, servisning o‘zidan foydalanganlik uchun olinadigan to‘lov ham daromadni oshirishga xizmat qiladi.

O‘QING:Microsoft’ning OS Android’da ishlaydigan smartfonlari qanday bo‘ladi?

Albatta, “eski versiya”dagi Xbox kabi Scarlett Cloud relizining ham aniq sanasi hali ma’lum emas. Ehtimol, Microsoft’ning yangi konsolini 2020 yilda ko‘rarmiz.

Bu yoqda Sony kompaniyasi ham PlayStation 5.’ni chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda. Shunday ekan, Microsoft ham shoshilmasa bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. Qolaversa, o‘zining bulutli o‘yin xizmatini yaratgandan keyin Xbox’ni hamma joyda o‘ynash mumkin bo‘ladi.  Microsoft uni bozorga  olib chiqishning pastu-balandini allaqachon o‘ylab qo‘ygan.

O‘QING:Overwatch geymerlari 12 million dollar yig‘ishdi: mablag‘ ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashishga yo‘naltiriladi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!