Microsoft kompaniyasi 50 milliondan ziyod Windows 10 foydalanuvchilarini ogohlantirdi

Microsoft kompaniyasi 50 milliondan ziyod Windows 10 foydalanuvchilarini ogohlantirdi

Windows 10 hamon muammoli opersion tizim bo‘lib qolmoqda. Oxirgi paytlarda ushbu OT bilan ko‘plab muammolar yuzaga kelmoqda, ustiga ustak, Microsoft'dagilar foydalanuvchilarga asosiy xizmatlar xavf ostida ekanligi haqida berayotgan ma’lumotlari ham noto‘g‘ri bo‘lib chiqmoqda. Hozir ham kompaniya mijozlarini yangi bir muammodan ogohlantirmoqda.

Ishonchli manbalardan Windows Latest saytining xabar berishicha, Microsoft kompaniyasi millionlab Windows 10 foydalanuvchilarini eng so‘nggi KB4501375 yangilanishi platformadagi Masofaviy kirish bog‘lanish menejeri ("RASMAN") ning ishlamay qolishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berdi. Bu esa jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

O‘QING: Bill Geyts o‘zining Microsoft rahbari sifatidagi eng katta xatosini tan oldi

Eng asosiy muammo VPN bilan yuzaga keladi. RASMAN funksiyasi Windows 10'ning internetga bog‘lanishi va VPN'ning to‘g‘ri ishlashini nazorat qiluvchi asosiy fon funksiyasi hisoblanadi. Onlayn xavfsizlikni ta’minlash hamda umumiy internet va YouTube video-hostingidagi bloklangan kontentlarni ochish uchun VPN'dan foydalanish ommalashib borayotgan bir paytda yuzaga kelgan ushbu muammo, tabiiyki, kompyuteringizdan foydalanishingizda o‘z so‘zini aytadi.

Microsoft muammo faqatgina Windows 10 1903 versiyadagi PClarga ta’sir qilishini ma’lum qilgan. Vaholanki, bu versiyani ayni damda 50 million foydalanuvchi o‘z qurilmalariga o‘rnatib ulgurgan.

Ushbu xatolik qachon to‘g‘rilanishi haqida hozircha hech qanday ma’lumot berilmagan.

O‘QING: Klaviaturalarda yangi tugmacha paydo bo‘lishi mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!