Mobil operator 90%gacha boruvchi «QAYNOQ ChEGIRMALAR» muddatini oktyabrning oxirigacha uzaytirdi!

  •   DiMaX
  •  1694
  •  22.09.2020 09:31

Mobil operator 90%gacha boruvchi «QAYNOQ ChEGIRMALAR» muddatini oktyabrning oxirigacha uzaytirdi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining filiali – Uzmobile uyali aloqa operatori avgustning boshida GSM standartidagi abonentlar uchun «OLTIN» raqamlarga «Qaynoq chegirmalar» e’lon qilgan edi. UZTELECOM rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, mazkur aksiyaning muddati 30 oktyabrga qadar uzaytirilgan.

O‘QING: Mobil aloqa uchun «TA’LIM» tarif rejasi va maxsus internet-to‘plamlar joriy etildi!

2020 yil 21 sentyabrdan 30 oktyabrgacha GSM standartidagi SIM-kartani ko‘rsatilgan tarif rejalaridan biriga ulanganda, pulli toifadagi chiroyli raqamni katta chegirma bilan sotib olish imkoniyati mavjud! «QAYNOQ CHEGIRMALAR» aksiyasi doirasidagi chegirma miqdori esa faollashtirilgan tarif rejasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Masalan, «Ishbilarmon», «Royal» yoki korporativ mijozlarga mo‘ljallangan «Business Royal» tarif rejalarini ulab, siz pulli toifadagi har qanday raqamga 60 foizlik chegirmaga ega bo‘lasiz! «Street UPGRADE» tarif rejasining abonenti bo‘lish orqali esa siz XYY-06-66 kombinatsiyasidagi raqamlardan birini naq 90 foizlik chegirma bilan olasiz.

Aksiya haqida batafsil ma’lumotni mazkur havola orqali bilib olishingiz mumkin.

O‘QING: «MAKTAB» tarif rejasi: eng qulay sharoitlarda xavfsiz onlayn ta’lim!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.