Moto Z3 flagmanining ilk rasmiy surati e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  916
  •  05.06.2018 10:06

Moto Z3 flagmanining ilk rasmiy surati e’lon qilindi

Lenovo egalik qilayotgan Motorola brendi bir qator kuchli smartfonlar bilan bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelayotir. Uning ertaga – 6 iyundayoq namoyish etiladigan Moto Z3 Play modeli haqida avvalroq ma’lumotlar berganmiz.

O‘QING: Moto Z3 Play tavsifi va Motorola’ning dasturiy afzalliklari ma’lum bo‘ldi

Moto Z3 Play modelidan tashqari, bu kompaniya yana Moto Z3 flagmanini ham tayyorlamoqda. Android Headlines resursi shu kunlarda uning ilk rasmini e’lon qildi.

Odatda ko‘pchilik smartfonsozlar o‘z flagmani hamda bilan bir turkumda taqdim etiladigan – «kichik» modellarni o‘zaro farqlanuvchi dizaynlarda tayyorlashadi. Lekin negadir Motorola kompaniyasi bu gal Moto Z3 hamda Moto Z3 Play rusumli telefonlarini tashqi jihatdan bir xil qilibdi. To‘g‘ri, aynan bir xil emas – sal farqlari bor, ammo ular ham sezilmas darajada.

Mana, Moto Z3 flagmanini tomosha qilamiz:

Aytish kerakki, Moto Z3 modelining texnik jihatlari haqida hozircha ma’lumot berilmayapti. Faqat kuzatuvchilar uning Snapdragon 845 protsessoriga, 6/128 gigabaytlik xotiraga va kuchli qo‘shaloq kameraga ega bo‘lishini taxmin qilishayotir. Shuningdek, uning ham ertaga – Moto Z3 Play modelidan keyin taqdim etilishi ehtimoli mavjud. Ertanggi namoyish etiladigan smartfonning 5G Moto Mod modulli versiyasi surati ham chiqqaridan xabaringiz bor.

Darvoqe, mazkur kompaniyaning avvalgi bitta modeli barcha yetakchi smartfonsozlarning flagmanlaridan ustun kelganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Drop-test: Ekspertlar ommabop 12 smartfon orasidan eng «o‘lmas»ini aniqlashdi (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!