Motorola Razr xaridida hozir 500 dollar yonga qoladi!

  •   DiMaX
  •  1854
  •  17.06.2020 11:39

Motorola Razr xaridida hozir 500 dollar yonga qoladi!

Lenovo kompaniyaga qarashli Motorola brendi o‘zining birinchi buklamafoni – RAZR modelini 2019 yilning noyabrida taqdim qilgan. Kompaniya uni 1499 AQSh dollariga baholagan, lekin yaqinda...

O‘QING: Antiqa aksiya: RAZR «raskladushka»sidan bitta olsangiz, ikkinchisi – sovg‘a!

Motorola endi ushbu «raskladushka»siga naq 500 dollarlik chegirma e’lon qildi, lekin aksiya faqat AQSh hududida amal qiladi. U yerda hozir Motorola Razr buklamafonini 999 dollarga xarid qilsa bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Motorola Razr modelida asosiy ekran sifatida diagonaliga 6,2 dyuymlik Flex View p-OLED displeyi qo‘llangan. Uning tomonlari o‘zaro 21:9 nisbatda, tasvir aniqligi esa 2142x876 pikselni tashkil etadi. Smartfon korpusining tashqarisidagi qo‘shimcha displey esa diagonaliga 2,7 dyuymlik o‘lchamga ega. Qurilmaning akkumulyatori 2510 mA/soatlik tok sig‘imiga ega, daktiloskopik datchigi esa old yuzaning pastki qismiga joylangan.

Motorola Razr taqdimotidan keyinroq Samsung ham unga o‘xshash, ammo kutilganidan arzon Galaxy Z Flip «raskladushka»sini chiqargan.

O‘QING: Nufuzli insayder birinchi buklama iPhone haqida xabar berdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!