Naq yuz million obunachiga ega birinchi va yagona YouTube-kanal sizga ham yoqadi!

  •   DiMaX
  •  2021
  •  30.05.2019 11:07

Naq yuz million obunachiga ega birinchi va yagona YouTube-kanal sizga ham yoqadi!

PewDiePie nikli blogerning YouTube-kanali 2018 yili eng ommabop edi. Biroq kuni kechagina hindlarning T-Series kanali uni quvib o‘tdi va hatto butun videoxosting tarixida rekord o‘rnatdi – 100 million obunachiga ega bo‘ldi.

O‘QING: Xakerlar YouTube’dan tarixdagi eng ommabop videoni o‘chirib yuborishdi

Aytib o‘tish kerakki, T-Series kanalida hind kliplari va kinofilmlar treylerlari e’lon qilib kelinadi. Hindistonning badiiy filmlari, ulardagi qo‘shiqlar xalqimizga avvaldan manzur bo‘lib kelganini hisobga olsak, ushbu YouTube-kanal ham sizga yoqsa kerak.

Ommabopligi bo‘yicha undan keyingi o‘rinda kelayotgan PewDiePie ko‘rsatkichlari ham chakkimas – uning obunachilari soni 96 million nafardan oshiq.

O‘QING: YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!

Qizig‘i shundaki, T-Series kanali YouTube videoxostingida 2006 yiliyoq ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, oradan to‘rt yil o‘tibgina unda roliklar e’lon qilina boshlagan. Deyarli o‘n yil mobaynida unda kuniga o‘rtacha beshtadan yangi videolavha chiqadi.

Ammo uning ommalashuvi 2018 yilga to‘g‘ri keladi – har oyda kanal obunachilari soni 3–5 millionga oshib kelaverdi! Shu tariqa, T-Series keyingi uch yil mobaynida 90 million nafar yangi obunachi to‘play oldi.

O‘QING: YouTube’ni «portlatgan» video: tuzni 4 daqiqada uzatib yuborish usulini ko‘rdingizmi?

Darvoqe, qadrdon Terabayt.uz saytining YouTube-kanali sizga o‘z omadingizni sinab ko‘rishni taklif etadi! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, yoqdi tugmasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi! Bu haqdagi batafsil ma’lumotni quyidagi xabarimizdan olishingiz mumkin.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: YouTube-kanalimizda P30 Pro, P30 va P30 Lite videotavsifi! Videoni tomosha qiling va ajoyib sovg‘a egasiga aylaning!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!