Navbatdagi «jonli» surat Galaxy A90 (yoki Galaxy A80) smartfonining yana bir jihatini fosh etdi

  •   DiMaX
  •  3783
  •  30.03.2019 17:32

Navbatdagi «jonli» surat Galaxy A90 (yoki Galaxy A80) smartfonining yana bir jihatini fosh etdi

Samsung kompaniyasi 10 aprelda Galaxy A turkumidagi yangi smartfonlarini namoyish etmoqchi. Ushbu turkumdagi eng ilg‘or smartfonni shu paytgacha Galaxy A90 deb kelishayotgandi, ammo keyingi xabarlarga ko‘ra, kompaniya shu modelning o‘zini Galaxy A80 deb nomlashi ham mumkin.

O‘QING: Selfi-kamerasi korpus ichidan chiquvchi ilk Samsung smartfoni – Galaxy A90 suratlarda!

Insayderlik ma’lumotlariga ixtisoslashgan Slashleaks saytida esa ushbu smartfon uchun tayyorlangan akkumulyatorning «jonli» rasmini e’lon qildi. Joriy yilning 18 yanvarida ishlab chiqarilgan ushbu batareyaning tok sig‘imi 3700 mA/soat ekan:

Samsung Galaxy A80 modeli haqida shu paytgacha birorta ham ma’lumot yo‘q bo‘lib, bu nom faqat Galaxy A90 bilan bog‘liq holda tilga olingan – mazkur smartfon shunday atalishi ham mumkinligi aytilgan. Shuningdek, ushbu model eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessori bazasida ishlasa-da, Galaxy S10e’dan ham arzon bo‘ladi, deyishmoqda.

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!