Navee – eng qulay sichqoncha taqdim etildi, faqat narxi...

  •   DiMaX
  •  1308
  •  22.10.2018 17:07

Navee – eng qulay sichqoncha taqdim etildi, faqat narxi...

Turli jihozlar va qurilmalarning funksionalligidan tashqari, ishlatishda qulayligi ham muhim hisoblanadi. Yangi yaratilgan Navee rusumli sichqonchani esa ishlab chiquvchilar eng qulayi, deya da’vo qilishayotir.

O‘QING: Mi Gaming Mouse: Xiaomi geymer sichqonchalarini namoyish qildi

An’anaviy sichqonchalardan farqli ravishda, Navee vertikal – tikka qilib ishlangan va u boshqacharoq ushlanadi. Masalan, uning g‘ildirakchasi gorizontal – yotiq holda joylashtirilgan bo‘lib, uni bittagina emas, balki ikkita – bosh va ko‘rsatkich barmoqlardan biri yordamida boshqarish mumkin.

via GIPHY

Navee’ning bunday shakli qo‘l bilagiga tushadigan bosimni kamaytiradi. Uni chapaqaylarga moslashtirish, yana qiyalik darajasini ham sozlash imkoni ham mavjud.

O‘QING: Made in Uzbekistan: noutbuklar uchun maxsus gilamchali taglik!

Boshqa jihatlariga ko‘ra Navee an’anaviy zamonaviy lazerli sichqonchalardan farq qilmaydi. Kompyuterga u USB-adapter orqali 2,4 GGs.lik kanal orqali Bluetooth yordamida bog‘lanadi. Bundan tashqari, uni simi orqali ulash ham mumkin – bunda bir vaqtning o‘zida uning akkumulyatori quvvat olib ham turadi. DPI sezgirligini to‘rt xil – 600 dan to 4000 darajagacha o‘zgartirish imkoni mavjud.

Garchi tashqi qiyofasiga ko‘ra Navee katta va beso‘naqayroq ko‘rinsa-da, vazni 130 gramm keladi, ishlatish ham qulay. Navee loyihasini Indiegogo kraudfanding platformasida pul to‘plashga qo‘yilgan. Oldindan buyurtma asosida uning narxi ko‘pmas, ozmas – naq 49 AQSh dollariga teng. Avvaldan haqini to‘laganlarga buyurtmalarni 2019 yilning yanvaridan yetkazib berishmoqchi.

O‘QING: Xiaomi 10 dollarlik simsiz “sichqoncha” ishlab chiqarmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.