Nihoyat, eng «beli baquvvat» hamyonbop – Galaxy M30s namoyish kunini Samsung rasman e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1989
  •  05.09.2019 11:23

Nihoyat, eng «beli baquvvat» hamyonbop – Galaxy M30s namoyish kunini Samsung rasman e’lon qildi!

Janubiy koreyaliklar hamyonbop smartfonlarning naq 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega vakili – Galaxy M30s modelini tayyorlagani va uning xususiyatlari haqida ko‘plab ma’lumotlar berganmiz. Nihoyat, kompaniya uni qachon va qayerda taqdim etishini rasman aytdi.

O‘QING: Samsung’ning ikkita – «lochinko‘z salkam flagman» va ulkan batareyali hamyonbop smartfoni tayyor!

Samsung tarqatgan rasmiy posterga ko‘ra, Galaxy M30s smartfonini 18 sentyabr kuni Hindistonda o‘tkaziladigan tadbirda jamoatchilikka ilk bor ko‘rsatishadi.

Galaxy M30s diagonaliga 6.4 dyuymlik, Full HD+ formatidagi (2400x1080 piksellik) AMOLED-displey bilan jihozlangan. Uning «elektron yuragi» esa Galaxy A50 (sotib olish) modelida ham qo‘llangan sakkiz yadroli Exynos 9610 protsessori bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy A90 5G rasman namoyish qilindi: Snapdragon 855 chipli, 5G-modemli ilk hamyonbop flagman!

Eng sig‘imdor batareyasidan tashqari, ushbu smartfon asosiy sensori 48 megapiksellik bo‘lgan uch modulli kamerasi bilan ham maqtana oladi.

Mish-mishlarga qaraganda, Galaxy M30s uchun janubiy koreyalik korporatsiya 300 dollardan kamroq narx belgilaydi. Aksariyat Samsung telefonlarini esa atigi 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Samsung Uzbekistan xaridorlarni laqillatyapti...mi?!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!