Nihoyat, Mi 9 taqdimot kuni rasman e’lon qilindi – Xiaomi uni «jangovar farishta» deyapti!

  •   DiMaX
  •  1536
  •  13.02.2019 10:32

Nihoyat, Mi 9 taqdimot kuni rasman e’lon qilindi – Xiaomi uni «jangovar farishta» deyapti!

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy S10 turkumidagi flagmanini hamda Galaxy F buklama smartfonini 20 fevralda taqdim etishidan xabaringiz bor. Vivo ham raqobatdan cho‘chimay, navbatdagi smartfonini aynan 20 fevral sanasida namoyish qilmoqchi.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Vivo V15 Pro «jonli» videoda: 48 MPlik uch modulli kamera, korpusdan chiquvchi 32 MPlik old kamera!

Endi esa ular safiga Xiaomi ham qo‘shildi – u bugun chiqargan rasmiy tizerga ko‘ra, Mi 9 flagmani ham ayni shu kuni namoyish qilinadi!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan ushbu tizerda qo‘shimcha ma’lumot ham bor: Xiaomi unda o‘zining navbatdagi flagmanini «jangovar farishta» deya tavsiflagan. Bu esa Mi 9 modelining ikkita muhim xususiyatini aks ettiradi: yuqori darajadagi samaradorlik va nafis dizayn.

Mi 9 flagmanining turli xususiyatlari haqida ko‘pgina ma’lumotlar e’lon qilganmiz. Allaqachon global bozorga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish imkoni bor. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!