Nihoyat, Redmi K20 va K20 Pro taqdim etildi: narx va jihatlari

  •   DiMaX
  •  10139
  •  28.05.2019 15:26

Nihoyat, Redmi K20 va K20 Pro taqdim etildi: narx va jihatlari

Xiaomi kompaniyasining Redmi brendiga mansub flagman smartfonlari – Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro haqidagi mish-mishlar, nihoyat, nohiyasiga yetdi. «Xitoycha Apple» bugun – 28 may kuni ularning rasmiy taqdimotini o‘tkazdi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Redmi K20 Pro flagmani Qualcomm kompaniyasining eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessori bazasiga qurilgan. Mazkur qurilma tezkor xotirasi 8 gigabaytgacha bo‘lib, UFS 2.1 turidagi 256 gigabaytgacha hajmli ichki xotira bilan jihozlangan. AnTuTu benchmarkida u salkam 390 000 ball olgan – bu esa Xiaomi Mi 9 (SOTIB OLISh) flagmanidan ham yuqori ko‘rsatkich!

Yangi smartfonning AMOLED matritsali displeyi diagonaliga 6,39 dyuymlik, tasvir aniqligi Full HD+ formatida. Korpus old panelining 91,9 foiz yuzasini egallagan ushbu ekran kemtiksiz va tirqishsiz bo‘lib, hoshiyalari o‘ta yupqa: yuqorisi 1,85 mm, yonlari – 2,11 mm, pastkisi – 3,8 mm.ga teng. Displeyga yettinchi avlod barmoq izi skaneri hamda DC Dimming texnologiyasi tatbiq etilgan.

Redmi K20 Pro korpusining romi 7000-seriyadagi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan, old va orqa panellari esa chetlari qayrilma Gorilla Glass 5 himoya shishasidan ishlangan. Smartfonning o‘lchami 156,7x74,3x8,8 millimetrga teng, vazni esa 191 gramm tosh bosadi.

Smartfonning old kamerasi korpusning yuqori qirrasidan chiquvchi modulga joylangan. Kerak bo‘lib qolganida u atigi 0,8 soniyada uyasidan chiqib, rasmga tushirishga tayyor turadi. Xiaomi’ning da’vosiga ko‘ra, selfi-kamera mexanizmi 300 000 martadan oshiq ishlatishga dosh bera oladi. Unga 20 megapiksellik optik datchik hamda diafragmasi F/2,0 bo‘lgan ob’yektiv joylangan.

Bosh kamera uchta modulni o‘z ichiga oladi, ulardan asosiysi 48 megapiksellik Sony IMX586 datchigi bo‘lib, F/1,75 diafragmali ob’yektivga ega. Ikkinchisi 13 megapiksellik modul va F/2,4 diafragmali, o‘ta keng burchakli ob’yektivni o‘zida jamlagan. Uchinchisi esa 8 megapiksellik sensor, F/2,4 diafragmali teleob’yektiv bo‘lib, ikki karralik optik zumga ega. Na bu flagmanda, na standart Redmi K20 modelida tasvirni optik barqarorlashtirish tizimi qo‘llanmagan.

Akkumulyator tok sig‘imi 4000 mA/soatga teng bo‘lib, 27 vattlik texnologiya yordamida uni atigi 73 daqiqadayoq to‘la quvvatlay olasiz. Redmi K20 smartfonlari korpusida zamonaviy USB-C porti ham, quloqchin uchun standart 3,5 millimetrlik audiotirqish ham mavjud. Flagmanlar Game Turbo 2.0 texnologiyasiga, NFC adapteriga hamda ikki diapazonli GPS priyomnigiga ega.

Redmi K20 modelining Pro-versiyadan uchta farqi bor: avvalo, unda Snapdragon 855 emas, balki Snapdragon 730 chipi qo‘llanmoqda. Ikkinchi farqi – nisbatan arzonroq ushbu smartfonda tezkor quvvatlash texnologiyasi atigi 18 vatt bilan chegaralangan. Redmi K20 Pro bosh kamerasining asosiy moduli sifatida Sony IMX586 qo‘llangan bo‘lsa, Redmi K20 modelida Sony IMX582 sensori turibdi, lekin uyam 48 megapiksellik. Bu ikki smartfon boshqa barcha jihatlariga ko‘ra aynan bir xil.

Narxlariga keladigan bo‘lsak, tezkor/doimiy xotira hajmiga ko‘ra mazkur smartfonlar quyidagicha baholangan:

  1. Redmi K20 6/64 GB — 290 AQSh dollari;
  2. Redmi K20 6/128 GB —305 AQSh dollari;
  3. Redmi K20 Pro 6/64 GB — 360 AQSh dollari;
  4. Redmi K20 Pro 6/128 GB — 375 AQSh dollari;
  5. Redmi K20 Pro 8/128 GB — 405 AQSh dollari;
  6. Redmi K20 Pro 8/256 GB — 435 AQSh dollari.

Xitoyning o‘zida birinchi bo‘lib Redmi K20 Pro sotuvga chiqadi – uni 1 iyundanoq xarid qilish mumkin bo‘ladi. Redmi K20 modeli esa 6 iyunda savdoga chiqadi.

Yaqindagina biz yettinchi avlod Redmi smartfonlarining eng arzoni bo‘lgan Redmi 7A namoyish etilgani va uning xususiyatlari haqida yozgandik. Bugungi taqdimotda aytilishicha, uning narxi atigi 80 AQSh dollariga teng bo‘lib, Xitoyda uniyam 6 iyun kuni – Redmi K20 bilan baravar bozorga chiqarishadi.

O‘QING: Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlari global bozorga boshqa nomlar bilan chiqadi (+suratlar)

Eslatib o‘tamiz, ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Shu yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda ushbu kompaniyaning ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin. Internet-do‘konimizda esa shu kunlarda «Ayyom» aksiyasi doirasida mazkur kompaniyaning ayrim smartfonlariga chegirmalar e’lon qilingan.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Xiaomi smartfonlari arzonlashdi – narxlari bilan tanishing! (2019 yil 23 may)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.