Nokia 9 Pureview besh modulli kamerasi sababli «Olimpik» deb ataladi

  •   DiMaX
  •  738
  •  06.11.2018 11:11

Nokia 9 Pureview besh modulli kamerasi sababli «Olimpik» deb ataladi

HMD Global kompaniyasi PureView savdo belgisiga bo‘lgan huquqni Microsoft’dan sotib olganligi joriy yilning avgustida ma’lum bo‘lgandi. Bir zamonlar ushbu nom ostida Nokia kamerofonlari chiqqan.

O‘QING: Nokia yana bir afsonaviy brendni «tiriltirmoqchi»

Keyinroq aniq bo‘lishicha, kompaniyaning beshta modulli asosiy kameraga ega bo‘lgan flagman smartfoni rasman Nokia 9 Pureview deb nomlanadi.

Ayni damda insayderlar berayotgan xabarlarga ko‘ra, ushbu qurilma Olympic kodli nomi ostida sinovlardan o‘tmoqda. Olimpiya emblemasida beshta halqa mavjudligini eslasak, ushbu nom mantiqan to‘g‘ri tanlanganligiga amin bo‘lamiz.

O‘QING: 245 dollarlik Nokia X7 (yoki Nokia 7.1 Plus) taqdim etildi: Android 9.0 Pie tizimli va Snapdragon 710 chipli!

Shuningdek, Nokia 9 Pureview allaqachon noyabrdagi xavfsizlik patchlari o‘rnatilgan Android 9.0 Pie operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida sinalmoqda.

Mazkur flagman haqida gap-so‘zlar anchadan buyon tarqalib kelayotgan esa-da, uni 2019 yildagina taqdim etishadi. Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda ushbu afsonaviy brendning Nokia 3310 (2017) rusumli telefonini 529 000 so‘mga sotib olish mumkin.

O‘QING: Nokia’ning sirli smartfoni sertifikatsiyadan o‘tdi – u Bluetooth 5.0 moduliga ega!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.