Nokia 9 taqdimoti oldidan kompaniyaning flagmani butun dunyoda arzonlashmoqda

  •   DiMaX
  •  1117
  •  23.10.2018 11:17

Nokia 9 taqdimoti oldidan kompaniyaning flagmani butun dunyoda arzonlashmoqda

HMD Global kompaniyasi naq bir yildan beri kutilayotgan flagmanini yaqin orada taqdim etishi mumkin. Ayni damda eng ko‘p modulli asosiy kameraga ega smartfon Samsung Galaxy A9 bo‘lsa, Nokia 9 (yangi ma’lumotlarga ko‘ra – Nokia 9 PureView) modeli undan ham oshib tushadi.

O‘QING: Nokia 9 PureView flagmanining besh modulli kamerasi misli ko‘rilmagan funksiyalarga boy!

Nokia 9 namoyishi arafasida HMD Global butun dunyo bo‘ylab mazkur brend ostidagi joriy flagmani – Nokia 8 Sirocco smartfonining narxini tushirmoqda. Jumladan, Yevropada ushbu flagman dastlab 630-650 yevro narxida sotuvga chiqqan bo‘lsa, ayni damda uni 530 yevroga olish mumkin. Buyuk Britaniyada uning narxi 450 funt sterlinggacha, Hindistonda esa 500 dollargacha pastladi.

Lekin shunisi ham borki, agarda texnik parametrlarini hisobga olsak, Nokia 8 Sirocco hatto shu narxida ham xaridorlarni qiziqtirishi qiyin. Endi kompaniyaning Nokia 9 flagmani kamida kamerasi bilan jahon ahlining e’tiborini tortishi aniq.

Shuningdek, kompaniyaning Nokia X7 modeli yaqin orada jahon bozoriga Nokia 8.1 nomi ostida chiqishi ham ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Eng yangi – Nokia 8.1 smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.