Nokia brendining Android’siz flagmanlari: 6000 mAs batareya va 200 MPlik kamera!

  •   DiMaX
  •  1795
  •  30.06.2021 16:36

Nokia brendining Android’siz flagmanlari: 6000 mAs batareya va 200 MPlik kamera!

Tayvan ommaviy axborot vositalarining yozishlaricha, HMD Global kompaniyasi ilg‘or Nokia X60 Series smartfonlari ustida ishlamoqda. Ularning asosiy o‘ziga xosligi – Android o‘rniga HarmonyOS operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlashidir.

O‘QING: Kamida uchta smartfonsoz Android’dan kechib, 2 iyunda chiqayotgan HarmonyOS tizimiga o‘tadi!

Manbalarga ko‘ra, ushbu turkumga ikkita – Nokia X60 hamda Nokia X60 Pro modellari kiradi va har ikkalasi shu yiliyoq taqdim etiladi. Huawei kompaniyasining operatsion tizimidan tashqari, ular yana bir qator flagmancha xususiyatlari bilan maqtana oladi.

Nokia brendining ushbu smartfonlari, jumladan, beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Chetlari qayrilma displeylari esa ularga zamonaviy ko‘rkamlik baxsh etadi.

Aksariyat flagmanlardan farqli ravishda, HMD Global bu modellarida ancha sig‘imdor – 6000 mA/soatlik akkumulyator qo‘llamoqchi. Shuningdek, Nokia X60 hamda Nokia X60 Pro gadjetlarining ko‘p modulli kameralarida asosiy sensor naq 200 megapiksellik aniqlikka ega, deyishmoqda.

O‘QING: Android’ning keragi yo‘q: Xiaomi smartfoni HarmonyOS asosidagi MIUI bilan ishlayapti! («jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!