Nokia X6 xalqaro bozorda ham qulay narxda sotiladi

Nokia X6 xalqaro bozorda ham qulay narxda sotiladi

5.8 dyuymli hamda Full HD+ sig‘imli va tomonlari nisbati 19:9 o‘lchamli, 2280×1080 pikselli ekranga ega jozibador Nokia X6 diqqatni tezda tortadi. Uning ekrani Corning Gorilla Glass 3 himoya shishasi bilan qoplangan. Orqa panel ham bugungi flagmanlar kabi shishador. Orqa va old shisha panellar metall sinch yordamida birlashtirilgan.

Mana bir oydan oshibdiki, Xitoy aholisi jozibador va nisbatan insofli narxda sotilayotgan Nokia X6 modelini xarid qilish imkoniga ega bo‘lgan.

Nokia X6 modeli ayni paytda Xitoyda uch talqinda sotilmoqda: boshlang‘ich modifikatsiya 200 AQSh dollari, eng yuqori talqin esa – 265 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Nokia X6 devaysi 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 636 protsessoriga ega bo‘lgan. Uning tezkor xotirasi 4/6 gigabaytli, doimiy xotira uchun 32 yoki 64 gigabaytli flesh-karta o‘rnatilgan. Ma’lumot hajmi ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa, microSD orqali xotirani kattalashtirish mumkin. Buning uchun SIM karta bo‘lmachalaridan birini "fido qilish" kerak bo‘ladi.

Bugun kuchli kamerasiz smartfonning hech kimga keragi yo‘q. Shuning uchun ham, Nokia X6 ilg‘or "ko‘zlar"ga ega bo‘lgan. Orqa panelda 16 + 5 megapikselli egizak sensorli bosh kamera mavjud. Ulardan yirigi rangli, ikkinchisi oq-qora surat oladi va tizim olingan kadrlarni yaxlit ko‘rinishga keltiradi.

O‘qing: "Aqlli kamera"li Redmi 6 taqdim qilindi

Selfi uchun esa 16 megapikselli kamera xizmatingizda. Har ikkala kameralarda "sun’iy aql" texnologiyasi joriy qilingan. Ular orqa fonni g‘ira-shira qilish, yuz-qiyofani tanish hamda filtrlashda faol ishtirok etadi.


Nokia X6 smartfoni USB Type-C interfeysi yordamida quvvat oladi. Audio quloqchin uchun ham an’anaviy 3,5 mm hajmidagi port mavjud. Foydalanuvchi tizimni ochishda old kameradagi Face Unlock funksiyasidan ham foydalanishi mumkin.

Nokia’ning yangi va o‘rta narxli Android telefonidagi yana bir o‘ziga xos jihat Nokia X6 qadoqdayoq eng so‘nggi Android 8.1 Oreo tizimi boshqaruvida ishlaydi. Project Treble funksiyasi unga Google yangilanishlarini tezkor yuklash imkonini beradi.

Ishlab chiqaruvchi hisoblangan Finlyandiyaning HMD Global korporatsiyasi yil oxiriga qadar smartfon operatsion tizimini Android P'ga yangilashga va’da bergan.

O‘qing: Redmi 6A: Xiaomi'ning eng arzon yangi smartfoni

Kuni kecha ma’lum qilinishicha, Nokia X6 modeli kechadan boshlab xalqaro bozorga ham sotuvga chiqarildi. Uning xalqaro talqini Yevropa va boshqa mamlakatlarda $300 dollardan boshlab sotilmoqda. Xalqaro bozorda uning 6 gigabaytli tezkor hamda 64 gigabaytli doimiy xotira talqini sotiladi. U o‘zidagi tezkor xotira sig‘imi bilan raqiblaridan, jumladan Xiaomi smartfonlaridan ustun kelishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!